Kun tartibi endi boşlanayotgan erta tong. Toşkentning Qorasuv mavzesida joylaşgan 105-sonli maxsus maktab-internat hovlisi sekin-asta gavjumlaşadi. Bu maskan oddiy maktablardan farq qiladi: bu yer alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan, aqliy rivojlanişida yengil va örta darajadagi nuqsoni bor bolajonlarga mehr ulaşiladigan, ularni hayotga moslaştiradigan muassasadir.
Ertalabki soat 8:30. Maktab tarbiyaçisi Zulfiya opa bolalarni yetaklab kelib, ularni boşlanğiç sinf öqituvçisi Nargiza opa Hayitoxunovaga topşiradi. Şu taxlit har kuni darslar boşlanadi, darsdan keyin esa internatda qoladigan bolajonlar tarbiyaçilar nazoratida uy vazifalarini bajarib, qöşimça maşğulotlar bilan maşğul bölişadi.

Birinçi qadam: Doska qarşisidagi sabr saboği
Sinfga qadam qöyişingiz bilan özgaça bir muhitni his qilasiz. Bugungi saboq - “Ona tili”. Ustoz unli va undoş tovuşlarni, lotin alifbosidagi harflarni şunçaki tuşuntirmaydi, balki har bir bolaga alohida yondaşib, uning qölidan tutadi. Aqliy rivojlanişi sekinlaşgan bolalarga bilim beriş oddiy metodika bilan bitmaydi. Bu yerda asosiy qurol - çeksiz sabr va samimiyat. Bolalarning xarxaşasi, eʼtiborsizligi yoki özgaça feʼl-atvoriga Nargiza opa biror marta baqirmaydi, koyimaydi.
Ota-onalarning eʼtirof etişiça, bola heç qaçon aldamaydi. Baqirgan insondan özini olib qoçadigan murğak qalblar Nargiza opani körganda yugurib kelib quçoqlaydi.
“Ötgan öquv yilida birinçi sinfga kelişganida ança qiyin bölgan edi. Boğçadan kelgan bola erkin böladi - xohlasa öynaydi, xohlasa ötiradi. Maktabda esa har bir öquvçining öz joyi va öquv quroli bor. Har bir farzand öz oilasida eng aziz. Ota-onalar kelib, farzandlaridagi kiçik bölsa-da yutuqni körib quvonganda mehnatimiz besamar ketmaganini his qilaman”, - deydi ustoz yuzida tabassum bilan.
Nargiza opa şunçaki pedagog emas, u defektolog, logoped va 2-sinflar uçun möljallangan maxsus “Ona tili” darsligining hammuallifi hamdir. 36 yillik tajriba har bir sahifaga, har bir metodikaga muhrlangan.
Möʼjiza kabi röyobga çiqqan umidlar pedagoglik faoliyati davomida Nargiza opa 15 yil davomida tibbiy-pedagogik komissiyada ham mehnat qilgan. Turli oğir taşxisli bolalarni körib, insonning har bir soğlom aʼzosi uçun şukronalik hissini tuyganini yaşirmaydi. Hatto uyda taʼlim oladigan (nadomnik), oğir gidrotsefaliya bilan oğrigan, harakatlaniş va nutq imkoniyatidan mahrum bölgan Ibrohim ismli bolajonning taqdiri bu sabrning yorqin isbotidir.
Şifokorlar va mutaxassislar “öqitib bölmaydi” deb xulosa bergan bölsa-da, ustoz va fidoyi onaning qatʼiyati sabab 4 yil davomida möʼjiza yuz berdi. Bola ruçkani uşlaşni, rasmlardan hayvonlarni tanişni va hatto ovoz çiqarib munosabat bildirişni örgandi.
“19 yoşimda iş boşlagan bölsam, hozir 55 yoşdaman. Agar yana öşa 19 yoşimga qaytsam ham, baribir şu kasbni tanlagan bölardim. Bu bolalar mening hayotim, borliğim”, - deydi Nargiza opa.
Tört avlodni birlaştirgan muqaddas dargoh: Xonadondan reportaj
Maktabdagi dars jarayonlaridan söng reportajimizning ikkinçi qismi ustozning xonadonida davom etdi. Ajablanarlisi, Nargiza opa yaşaydigan köp qavatli uyning deyarli barça qöşnilari ham öqituvçilar. Biroq eng katta möʼjiza bu xonadonning içida yaşiringan edi. Bu oila - tört avloddan beri öqituvçilik şarafini yelkasida kötarib kelayotgan haqiqiy pedagoglar sulolasi!
Sulola boşi Anora onaning 56 yillik fidoyiligi bugun 81 yoşni qarşilagan Naziraxon opa Şamsiyevada davom etgan. Naziraxon opa 40 yil davomida maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlagan va öz qizi Nargizaning ham birinçi ustoziga aylangan. Bugun esa Nargiza opaning qizlari - sulolaning törtinçi avlodi ham şu qutluğ kasb etagini tutgan.
(Rasm joyi: Şamsiyevlar oilasi - tört avlod vakillari bir dasturxon atrofida)
Dasturxon atrofida samimiy suhbat boşlanadi. Onalik va ustozlik masʼuliyatini teng olib borgan, vaqtida turmuş örtoğining maʼnaviy qöllab-quvvatlovi bilan farzandlarini el qatorida voyaga yetkazgan ayollarning xotiralari har qanday insonni tölqinlantiradi.
Oşxonada palov damlanar ekan, Nargiza opa ayol kişining hayotida işxona va rözğor masʼuliyati teng ekanini taʼkidlaydi:
“Işda ustozmiz, uyda esa onamiz. Ikkala masʼuliyat ham bir xil oğir. Işxonada ota-onalar işonib topşirgan farzandlar uçun masʼul bölsak, uyda öz farzandlarimiz kelajagi uçun javobgarsiz. Qizlarim bilan har kuni maktab tajribalarini, yangi metodikalarni muhokama qilamiz. Biz bir-birimizga ham ustoz, ham şogirdlarmiz”.
Xonadondagi nabira Robiyaxonning sodda va mehrli gaplari esa bu oiladagi tarbiya zanjiri uzilmaganidan dalolat beradi:
“Buvijonim eng yaxşi buvijon. Ular öz bilimlarini boşqa bolalarga ulaşib kelmoqda, men ularni juda yaxşi köraman!”
Xulosa örnida
Insoniyatga bilim beriş - eng oliy neʼmat. Lekin mehrga, alohida eʼtiborga muhtoj murğak qalblarga hayot nurini ulaşiş - çinakam jasorat va qahramonlikdir.
105-sonli maxsus maktab-internatda har kuni ana şunday sukutdagi jasoratlar sodir böladi. Nargiza opa va u kabi yuzlab fidoyi ustozlarning mehnati evaziga jamiyatdan uzilib qolişi mumkin bölgan bolajonlar hayotga qaytmoqda, “Ona” degan muqaddas sözni yozişni va aytişni örganmoqda.
Mehr bor joyda esa har doim möʼjizalar yuz beradi.











