Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mudofaa tizimi rahbariyati bilan yiğiliş ötkazdi.
U Kaspiy dengizidagi maşğulotlarda 14 nafar harbiy halok bölişini ofitserlar, jumladan, generallarning kasbiy malakasizligi oqibati deb atadi.
“Armiyadagi eskidan qolgan muammolar rahbariyat tomonidan hal etilmayapti, bu esa mamlakat mudofaa qobiliyatiga putur yetkazmoqda. Ötmişdagi fojialardan heç qanday xulosa çiqarilmagan. Bu öquv maşğulotlarining ğoyasini kim işlab çiqqan va tasdiqlagan? Boş ştabning roli va muvofiqlaştirişi qanday bölgan? Nega maşğulotlarda harbiy-dengiz kuçlari boş qömondoni bölmagan? Masʼuliyatsizlik, beparvolik, köz-köz qiliş odatiy holga aylangan. Tizimli iş yöq, inqirozli vaziyatlarga javob qaytariş rejalari heç qanday tanqidga doş bermaydi. Bularning barçasi harbiy idora rahbariyatining befarqligi oqibatidir”, – dedi Töqayev.
U öquv maşğulotlari davomida harbiy xizmatçilar zarur anjomlar, jumladan, dengizda qutqaruv jiletlari bilan taʼminlanmaganini taʼkidladi.
Qozoğiston rahbarining fikriça, hukumat komissiyasi maşğulotlarni tayyorlaş va ötkaziş, taʼminot hamda xavfsizlik çoralariga rioya etilişini nazorat qiliş uçun masʼul bölgan barça mansabdor şaxslarning harakatlariga baho berişi kerak.
Bundan taşqari, prezident farmoyişiga muvofiq, Mudofaa vazirligidagi işlar holatini kompleks tekşiriş boşlandi.
U unvon va lavozimlar javobgarlikdan ozod etiş uçun asos böla olmasligini taʼkidladi.
“Bu fojia armiyadagi köplab kamçiliklar va kasbiy mahoratining yetişmasligini yaqqol körsatdi. Harbiy islohotlarni tubdan amalga oşiriş vaqti keldi. Bu keçiktirib bölmaydigan vazifa. Şu sababli kadrlar böyiça özgarişlarni amalga oşirdim”, dedi Qosim-Jömart Töqayev.
U mudofaa idorasi faoliyatini çuqur transformatsiya qiliş zarurligini taʼkidladi.
“Yaqinda Xavfsizlik kengaşi apparati bilan ötkazilgan yiğilişda harbiy sohadagi işlarning ustuvor yönalişlarini belgilab berdim. Bizning armiyamiz ötgan asrda qolib ketgan. Ayni paytda qömondonlik tizimini ilğor xalqaro tajriba asosida töliq qayta quriş zarur. Kompleks yondaşuv kerak, buning uçun esa aniq tasavvurga ega böliş lozim. Bunday tasavvurga faqat keng dunyoqaraşli, bilimli ofitserlar ega böladi. Islohotning maqsadi – yangi namunadagi armiyani şakllantiriş”, – dedi Qozoğiston prezidenti.











