Şaxmat böyiça Özbekistonning birinçi erkaklar jamoasi Samarqanddagi 46-şaxmat olimpiadasida birinçi örinni qölga kiritdi.
Sönggi 11-turda Ukrainaga qarşi öyin yakunlanmasdan çempionlik kafolatlandi, çunki jamoaning çempionlik kuraşidagi asosiy raqibi bölgan Hindiston Vengriya bilan durang öynab qöydi va Özbekiston birinçi örinni özida saqlab qoladigan böldi.
Özbekiston – Ukraina 2,5:1,5
Nodirbek Abdusattorov (2762) – Igor Kovalenko (2642) 0,5:0,5
Javohir Sindarov (2778) – Vasiliy Ivançuk (2630) 0,5:0,5
Nodirbek Yoqubboyev (2685) – Igor Samunenkov (2608) 0,5:0,5
Muhiddin Madaminov (2611) – Roman Dextyaryov (2508) 1:0
Şu tariqa, Özbekiston 11 turda 22 imkoniyatdan 20 oçko jamğardi va birinçi örinni egalladi. Hindiston (18) ikkinçi, Germaniya (18) uçinçi böldi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Şamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminovdan iborat bölgan jamoa turnir boşidan buyon ğoliblik uçun asosiy daʼvogar bölib turgandi.
Özbekiston musobaqaning dastlabki 7 turida 100 foizlik natija qayd etdi. Bu oraliqda Hindiston (2,5:1,5) va Xitoy jamoalari (3:1) mağlub etildi. 8-turda Germaniya ğalabali seriyani töxtatdi, ammo Rustam Qosimjonov sardorligidagi jamoa darhol öziga keldi: 9-turda turnirning birinçi raqamli saralangan jamoasi hisoblangan AQŞ mağlub etildi, 10-turda esa Armaniston ham taslim etildi.
Barça natijalar
1-tur. Özbekiston – Yamayka 4:0
2-tur. Özbekiston – Peru 3,5:0,5
3-tur. Özbekiston – Avstriya 3:1
4-tur. Özbekiston – Turkiya 2,5:1,5
5-tur. Özbekiston – Vengriya - 4:0
6-tur. Özbekiston – Hindiston 2,5:1,5
7-tur. Özbekiston – Xitoy 3:1
8-tur. Özbekiston – Germaniya 1,5:2,5











