QS reyting agentligining MDH böyiça mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasida ötgan uçraşuvda OTMlarning xalqaro reytinglarga kira olmayotganiga sabab bölayotgan kamçiliklarni sanadi.

Sergey Xristolyubov reytingda Özbekiston milliy universiteti matematika sohasi böyiça TOP-500 talikdan örin olganini, yana 4 ta OTM bunga harakat qilayotganini e’tirof etgan holda OTMlarning top 1000 talikka kirişdagi muammolariga töxtalib ötdi. Uning aytişiça, reytingga kirişdagi eng katta muammo – OTMlarda malakali kadrlar yetişmasligi bilan boğliq.

“Agar özbek OTMlarida xalqaro reyting agentliklari, Scopus va Web of Ssience tizimlari bilan işlay oladigan guruhlar yetarli darajada şakllantirilsa, reyting körsatkiçlarida sezilarli ösiş kuzatiladi.

Ikkinçi muammo esa bevosita olimlar va tadqiqotçilarning ilmiy maqolalarni çop etişda nufuzli naşrlarni tanlaşi, tadqiqotlar natijadorligi hamda iqtibosliligi bilan boğliq. Uşbu muammo nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlarining barçasida kuzatilmoqda. Ya’ni universitetlarda faoliyat yuritayotgan öqituvçilarning 10–15 foizigina nufuzli xalqaro naşrlarda tadqiqot natijalarini maqola körinişida e’lon qilmoqda”, dedi u.

Ekspertning qayd etişiça, Özbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalarning soni kamligi ham reytingga kirişdagi muammolardan biri.

“Biz dunyo miqyosida talabalar örtasida sörovnoma ötkazganimizda, ular birinçi navbatda universitet sayti, ikkinçi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va uçinçi örindagina uning reytingdagi örniga e’tibor qaratişlariga guvoh böldik.

Özbekiston OTMlarida esa qilinişi lozim bölgan işlar köp. Xususan, mahalliy OTMlarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida çet tillaridagi, xususan ingliz tilidagi ma’lumot va yangiliklar yetarli emas. Bu esa OTMlar haqida ma’lumotga ega bölmagan xorijdagi öqituvçilar va talabalar uçun ma’lum darajada tösiqlarni yuzaga keltirmoqda. Uşbu muammoni bartaraf etiş uçun Hukumat darajasida OTMlarga alohida yordam körsatilişi zarur”, dedi QS reyting agentligi rasmiysi.