2024 yil 1 yanvardan boşlab respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan budjetdan taşqari mablağlar hisobidan har yili Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böyiça har bir hududdagi 5 ta eng yaxşi volontyorlik loyihalarini amalga oşiriş uçun har bir loyihaga bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravarigaça miqdorda mablağ ajratiş amaliyoti joriy qilinadi.
Bunda, har yili volontyorlar iştirokida ötkaziladigan yirik tadbirlar töğrisidagi ma’lumotlar volontyor.uz elektron platformasiga joylaştirib boriladi va tadbirlarda iştirok etadigan volontyorlarni platforma orqali elektron röyxatga oliş tizimi yölga qöyiladi.
Yoşlar işlari agentligi:
- Özbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda har yili kelgusi yil uçun volontyorlar iştirokida ötkaziladigan yirik tadbirlar röyxatini tasdiqlaş amaliyotini yölga qöysin;
- amaliy çora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini har yarim yilda kamida bir marta tahlil qilgan holda, ularni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etib boriş çoralarini köradi;
- xalqaro reytinglarda Özbekiston örnini kötarilişiga qaratilgan takliflarni xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşiga kiritib boradi.








