“2022 yildan tadbirkorlarga o‘z ehtiyoji uchun elektr ishlab chiqarganda davlat tomonidan qulayliklar beriladi” – Sherzod Xo‘jayev
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev elektr energetika sohasida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lishini ma'lum qildi.

15 sentyabr kuni Moliya vazirligida “Yashil iqtisodiyotga o‘tishda xususiy sektorning ishtiroki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Kun.uz’ga bergan intervyusida 2022 yil 1 yanvardan sohada katta yangiliklar kutilayotganini bildirdi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, elektr energiya borasida Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
“Xalqaro mutaxassislar tomonidan 4 ta korxona, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekgidro” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyati o‘rganilgach, shu asosda prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyihaga asosan 2022 yildan elektr energetika sohasidagi islohotlar keyingi bosqichga o‘tadi. Ikkinchidan, ochiq bozor bosqichiga o‘tish muddatlari, shartlari aniq aks ettirilgan konsepsiya va yo‘l xaritasi tasdiqlanadi”, – dedi Sherzod Xo‘jayev.
Uning ta'kidlashicha, elektr energiyani o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish tartibida yangiliklar bo‘ladi.
“O‘ylaymanki, yil yakuniga qadar bu ishlarni boshlab yuboramiz va 2022 yil 1 yanvardan boshlab elektr energetika sohasida juda ko‘p o‘zgarishlarni ishlab chiqaruvchilar, investorlar va iste'molchilar his qilishadi.
Eng muhim yangiligimizdan bittasi bu – elektr energiyani o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish tartibi yanada soddalashtiriladi. Qandaydir ishlab chiqarishi bor tadbirkor o‘z ehtiyoji uchun elektr ishlab chiqarishi mumkin. Bunda davlat unga bir qator qulayliklar beradi. Biroq bu qulayliklar aynan soliq imtiyozlari emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun soliq imtiyozlari foydalanishga berilgan, preferensiyalar mavjud. Shularning o‘zi yetarli deb o‘ylayman. Chunki ular uzoq muddatli – kamida 10 yilga mo‘ljallangan”, – dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, davra suhbatida iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov tez orada bitta davlat elektr energiya stansiyasi xususiylashtiriladi. Biroq bu aynan qaysi stansiya ekanligi borasida OAVga aniq ma'lumot berilmadi.
Tavsiya etamiz
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?
Jamiyat | 16:45 / 10.03.2025
Kvartirasida yolg‘iz vafot etayotgan keksalar – ularni kim topib oladi?
O‘zbekiston | 12:29 / 10.03.2025
“Trampning siyosatdagi “qimorbozligini” Kanada tushunolmayapti” – AQSh baribir savdo bojlarini joriy qildi
Jahon | 12:01 / 10.03.2025
Pokistonda «bosh terrorchi» ushlandi, Suriya yana notinch – hafta dayjesti
Jahon | 16:13 / 09.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
O‘zbekiston | 18:31
-
Pokistonda separatistlar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutib, 450 dan ortiq odamni garovga oldi
Jahon | 18:12
-
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi
Jahon | 18:09
-
7Media Group: Yangi LED-ekranlar Qamchiq dovonida
Jamiyat | 18:00
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

20:42 / 21.02.2025