1991 yildan söng yahudiylarning ommaviy ravişda Isroil va AQŞga köçib ketişlari natijasida bir paytlar gavjum bölgan mahalla deyarli huvillab qolgan va hozirda qarovsiz ahvolda.

Jahon yodgorliklarni muhofaza qiliş jamğarmasi (World Monumens Fund, WMF) yaqin vaqt içida yöq bölib ketişi mumkin bölgan 25 diqqatga sazovor maskan nomini e'lon qildi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Taşkilot ikki yilda bir marta yöq bölib ketiş xavfi ostida bölgan madaniy meros obektlari röyxatini tuzadi. Sabablari esa turliça: tabiiy ofatlar, harbiy nizolar yoki insonlar loqaydligi bölişi mumkin.

Uşbu röyxatga Buxorodagi yahudiylar mahallasi ham kiritildi. Jamğarmaning qayd etişiça, 1991 yildan söng yahudiylarning ommaviy ravişda Isroil va AQŞga köçib ketişlari natijasida bir paytlar gavjum bölgan mahalla deyarli huvillab qolgan va hozirda qarovsiz ahvolda.

Röyxatdan şuningdek, bir neça oy avval yonğin sodir bölgan Notr-Dam de Pari ibodatxonasi, inklar vodiysidagi Maçu-Pikçu şahri, Pokistonning Lohur şahridagi Anarkali bozori, Yaponiyadagi Ivamatsu tumani joy olgan.