2018 yilning 13 fevral kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga taşrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi (BYaBK) prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Delegatsiya tarkibidan AQŞ va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi raisi Boris Kandov, Rossiya Buxoro yahudiylari kongressi raisi Yakov Leviyev hamda boşqalar örin olgan.

Taşqi işlar vazirligida bölib ötgan suhbatda Özbekiston va BYaBK örtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuvda qayd etilganidek, xalqlarning özaro hamkorligi uzoq tarixga ega bölib, köp asrlar ilgari hozirgi Özbekiston hududida yahudiy jamoalari paydo bölgan davrga borib taqaladi. Asrlar davomida Buxoro yahudiylari tinçlik va totuvlikda yaşab, özbek zaminida öz vatanlarini topdilar.

Isroil, AQŞ va boşqa mamlakatlarda istiqomat qilayotgan asli özbekistonlik yahudiylar mamlakat bilan aloqalarini uzmasdan, özbek xalqiga samimiy va çuqur hurmat hissini saqlayotganligi Özbekistonda yuqori baholanadi. Bu esa öz navbatida xalqlar farovonligi yölida özaro manfaatli hamkorlikni izçil mustahkamlaş va aloqalarni kengaytiriş imkonini yaratadi.

Turli darajalardagi özaro almaşinuvlarga doir masalalarni muhokama qiliş çoğida prezident Şavkat Mirziyoyevning 12 fevralda kuçga kirgan farmoniga muvofiq Isroil fuqarolari uçun 30 kungaça vizasiz kiriş töğrisidagi nizomini BYaBK delegatsiyasi mamnuniyat bilan qayd etdi. Isroilda 100 mingdan ortiq asli özbekistonlik yahudiylar istiqomat qiladi.

Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham muhokama qilindi.