Özbekiston delegatsiyasi Yaponiyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida dastlabki oltin medalga sazovor böldi.
21-sentabr kuni karate böyiça bahslarda -67 kg vazn toifasida iştirok etgan Abdulvahob Raşidov çempionga aylandi.
U nimçorak final doirasidagi dastlabki bahsda hongkonglik Çeng Hui Panga heç qanday imkoniyat qoldirmadi (8:0). Çorakfinalda falastinlik Mahmud Dayfalloh (5:1), yarimfinalda esa iordaniyalik Abdulrahmon Almustafo (8:0) ustidan işonçli ğalabaga erişdi.
Finalda esa mezbonlar vakili Yugo Kozakidan ham ustun keldi (7:5) va Özbekiston jamoasi safida ilk oltin medal qölga kiritgan sportçiga aylandi.
Bungaça Özbekiston vakillari bitta kumuş va bitta bronza ega bölib turgandi.
20-sentabr kuni karate böyiça -55 kg vazn toifasi vakili Humoyunmirzo Halimov finalda qozoğistonlik Joloman Bigabilga yutqazib qöygan va kumuş bilan kifoyalangandi.
21-sentabr kuni aralaş jang sanʼatining modern yönalişida -71 kg vazn toifasida iştirok etgan Nodirbek Şavkatov yarimfinalda Qozoğiston vakili Qodirbek Şinbayevga yutqazib, bronza olgandi.
Endi Özbekiston bitta oltin, bitta kumuş va bitta bronza bilan kuçli önlikka kirib olgan.
Hozirça umumiy reytingda Xitoy yaqqol yetakçilik qilmoqda – 20 ta oltin, 10 ta kumuş va 5 ta bronza. Ikkinçi örinda mezbon Yaponiya joylaşgan – 8 ta oltin, 11 ta kumuş va 12 bronza, uçinçi örinda Janubiy Koreya bormoqda – 5 ta oltin, 3 ta kumuş va 13 ta bronza.
Qozoğiston esa hozirça 4 ta oltin, 1 ta kumuş va 3 ta bronza bilan törtinçi örinni egallab turibdi.









