Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 noyabrdagi PQ-4516-qarori bilan Bahodirjon Şermuhammadoviç Şermuhammadov Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining yoşlar, ma'naviyat va ma'rifat masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şu vaqtgaça bu lavozim vakant bölib turgandi.

Bahodirjon Şermuhammadov şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi milliy qadriyatlar, ma'naviyat va ma'rifatni örganiş hamda rivojlantiriş şö'basi boş konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan avvalroq Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Kongratboy Şaripov Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining yangi rektori etib tayinlangandi. Ayni vaqtda bu lavozim böş qolmoqda.