Ronaldusiz Portugaliya ğalabali seriya qayd etmoqda
|12:07 / 02.10.202615 72111 min
Hoylund golini Ronaldu uslubida nişonladi, öyindan keyin esa Portugaliya ustozi Jorje Jezuşni turtib taşladi. Greklar Germaniya va Niderlandiya bor guruhda peşqadam bölib oldi.
Foto: Reuters Gonsalu Ramuş navbatdagi golini nişonlamoqdaFoto: Reuters Gonsalu Ramuş navbatdagi golini nişonlamoqda
Millatlar ligasi guruhlarida 3-tur uçraşuvlari boşlandi.
Portugallar Kopenhagendagi öyinni asosiy yulduzi Kriştianu Ronaldusiz ötkazdi. Brunu Fernandeş sardorlik boğiçi bilan maydonga tuşdi, Rafael Leau «yettinçi» raqamli futbolkani öziniki qildi. Bu nomer Portugaliya futboli afsonasi isyon qilib, milliy jamoa qarorgohini tark etganidan keyin böş qolgandi.
Mehmonlar 13-daqiqadayoq hisobda oldinga çiqib olişdi. Aynan Ronalduning örniga tuşayotgan Gonsalu Ramuş avvaliga darvoza ustunini nişonga oldi, qaytgan töpga özi ega çiqdi va Joau Kanseluni golli uzatma bilan taʼminladi.
Daniyaliklar çiroyli gol bilan javob qaytarişdi – Mikkel Damsgor ideal zarbasi bilan töpni olis burçakka aniq yönaltirdi. Lekin ikki daqiqa ötib Gonsalu Ramuş yana katta sahnaga çiqdi va himoyaçilardan qoçib ketib, yaqin burçakni nişonga oldi. Ronaldu zaxirada qolişi evaziga asosiy tarkibda tuşayotgan «Milan» forvardi qatorasiga ikkinçi öyinda gol urmoqda. Bölimning qolgan qismida daniyaliklar posboni Mads Hermansen Leau va Ramuşning murakkab zarbalarini qaytardi va öyindagi intrigani saqlab qoldi.
Ikkinçi bölim startida esa öyinning eng asosiy epizodlaridan biri röy berdi. Stadionga yiğilgan muxlislar Ronaldu uslubidagi gol nişonlanişiga guvoh bölişdi. Ammo golni portugaliyaliklar emas, daniyaliklar urgandi. Rasmus Hoylund Damsgorning jarima maydoniga uzatmasiga özini taklif qildi va töpni texnik harakat bilan darvozabon ustidan oşirib taşladi. Şundan keyin bolaligidan Ronalduning fanati ekanini bir neça bor tan olgan uşbu hujumçi portugallardan öz kumiri uçun öç olayotgandek uning gol nişonlaş uslubini takrorladi.
Mavzuga oid
Hisobdagi tenglik uzoq saqlanib qolmadi va Fernandeş navbatdagi pasi bilan Vitinyani golli vaziyatga çiqardi. Bu safar zaxira örindiğida qolgan Joau Feliks esa maydonga tuşganidan olti daqiqa ötib, yakuniy hisobni örnatdi. Bu uning Millatlar ligasidagi uçinçi öyinda uçinçi golini urişi böldi.
Öyindan keyin yana bir eʼtiborga molik voqea röy berdi. Ronaldu milliy jamoadan ketişi uçun asosiy sababçi bölgan portugallar ustozi Jorje Jezuş Rasmusning oldiga borib, unga nimadir dedi, daniyalik hujumçi esa uni turtib, haydab yubordi.
Ötgan turda Portugaliyaga yutqazib qöygan skandinavlar Uelsdagi öyinda vaziyatni önglaş uçun darhol oldinga taşlanişdi va tezkor gol bilan hisobni oçişdi. Martin Edegor raqib jarima maydoniga nozik uzatma berdi, töpga yetib borgan Oskar Bobb darvozabonga imkon qoldirmadi.
Ammo şundan keyin norvegiyaliklarda himoya çiziği pand berdi. Aurşnes oddiy vaziyatda töpni öz jamoasi jarima maydoniga qaytarişda xatoga yöl qöydi va töpni egallab olgan Tomas qanotdan uzatma berdi, Deniyel Jeyms hisobni tenglaştiruvçi golni urdi.
Ikkinçi bölim boşida esa öyin taqdirini hal qilgan epizod röy berdi. Torbyorn Heggem darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketayotgan Jeymsni fol işlatib töxtatdi va qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. Belgilangan jarima zarbasidan esa Neko Uilyams ğalaba golini urdi. Uning zarbasidan keyin töp darvozabon Nyuland qöriqlaşi kerak bölgan burçakka bordi. Norvegiya birinçi davrada faqat bir ğalaba bilan çeklandi va guruh jadvalida uçinçi örinda qoldi.
Guruhning birinçi va ikkinçi jamoalarining özaro öyinida Gretsiya yana bir sensatsiyaga yaqin edi va Niderlandiyaga qarşi öyinning birinçi bölimini ikki gol ustunligi bilan yakunladi. Hisob yirik köriniş olişi ham mumkin edi. 13-daqiqada greklarning goli bekor qilindi: Xristos Zolis töpni olis burçakka aniq yönaltirdi, ammo bu vaziyatda mezbonlar hujumçisi Evangelos Pavlidis ofsayd holatida turib, darvozabonga xalal bergan deb topildi va gol bekor qilindi. Bir neça daqiqa ötib Zolis jarohat olib maydonni tark etdi, uning örniga tuşgan Masuras esa Fotis Ioannidisga golli uzatma berdi.
Tanaffus arafasida Gretsiya navbatdagi golni nişonladi: bu safar Ioannidis qanotdan uzatma berdi, Masuras töpni darvozaga joylab qöydi – 2:0.
Ikkinçi bölimda Virjiyl van Deyk standart vaziyatda öz uslubida boşda gol urib, intrigani tikladi. Keyin esa Denzel Dumfris ikki bor gol urdi, ammo ikki gol ham ofsayd tufayli bekor qilindi. Va faqat öyinning sönggi daqiqalarida Tidjani Reynders niderlandlarni mağlubiyatdan qutqarib qoluvçi golni urdi – 2:0.
Bu natijadan keyin Gretsiya guruh peşqadamligini saqlab qoldi.
Yurgen Klopp jamoasining birinçi versiyasi dastlabki ikki turda atigi bir oçko oldi va tarixda ilk bor Gretsiyadan mağlubiyatga uçradi. Nemislar jamoasining ikkinçi variantidan esa vaziyatni önglaş talab etilardi. Guruh autsayderi bölgan Serbiyaga qarşi öyinda futbolçilar tetik holatda bölgani qöl keldi. Nemislar öyin davomida töliq ustunlik qilişdi va bu zarbalar soni böyiça hisobda ham aks etdi (32:1).
Şu kuni serbiyaliklar posboni qahramonlik körsatib, ançagaça öz darvozasi daxlsizligini saqlab turdi. Ammo bölim oxirlarida nemislar öyindagi yaqqol ustunlikni baribir golga aylantirişdi: Florian Virsning zarbasidan keyin töp ustundan qaytdi, unga birinçi bölib yetib kelgan 21 yoşli Tom Bişof hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida esa Nik Voltemade bir neça metr masofadan turib töpni darvozaga yöllay olmadi.
Köp ötmay öyinning eng yaxşi futbolçisi bölgan Virs jarima maydoni içida töpni qabul qilib, raqibni aldab ötdi va töpni burçakka joylab, intrigaga barham berdi.
Bu Yurgen Klopp uçun Germaniya milliy jamoasidagi ilk ğalaba bölmoqda. U uçinçi urinişda ilk ğalabasiga erişgan Helmut Şen grafigini takrorlamoqda. Uşbu afsonaviy murabbiy keyinçalik Yevro-1972 va JÇ-1974 turnirlarida ğalaba qozongan, JÇ-1966 va Yevro-1976 turnirlarida kumuş, JÇ-1970 da esa bronza qölga kiritgandi.
4-oktabr. Niderlandiya – Serbiya, Gretsiya – Germaniya
Irlandiya öz uyida Avstriya bilan durang öynadi – 2:2, holbuki tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yöl olgandi. Troy Perrott – birinçi bölim qahramoni böldi: u avvaliga supergol urdi (töpni çiroyli harakat bilan öziga moslaştirdi, ikki raqibni aldab ötdi va yakunda töpni darvozabon oyoqlari orasidan ötkazdi), keyin esa penaltini aniq ijro etdi.
Ikkinçi bölimda esa avstriyaliklar iroda körsatişdi va «Hoffenhaym» futbolçilari öyinni qutqarişdi: avvaliga Patrik Vimmer töpni raqibdan olib qöyib, qanotdan uzatma berdi, jarima maydoni içida barçadan ildamroq harakat qilgan Aleksandr Prass darvozani işğol etdi. Keyin esa darvozabon Kelleher mezbonlarni uyaltirib qöydi: u jarima zarbasi ijro etilişi vaqtida jonli devor tomonga taşlandi, Mixael Gregoriç esa töpni darvozabon qöriqlaşi kerak bölgan burçakka yölladi.
Isroil – Kosovo 0:0 Isroil: Sur, Şlomo, Nahmias, Stoinov, Halayliy (Dasa, 78), E. Perets, Azulay (Gluh, 73), Solomon, D. Perets (Kaniçovski, 78), Baribo (Fayngold, 69), Abada (Turgeman, 69) Kosovo: Saipi, I. Krasniçi, Dellova, Avdili (Gallapeni, 60), Voyvoda, Ye. Krasniçi, Katsuri (Abdullahu, 60), Yaşari (Xöja, 59), Matoşi (Jegrova, 77), Rrahmani (Raşitsa, 69), Asllani
Isroil navbatdagi raqibi Kosovoni ham Vengriyaning Debretsen şahrida qabul qildi va durangga erişdi. Ikki jamoa jami bölib 28 bor zarba berdi, ammo öyinda yaqqol golli vaziyatlar kuzatilmadi. Endi isroilliklar keyingi turda Irlandiyaga qarşi yana bir mojaroli öyin ötkazişadi.
Quyi diviziondagi Malta va Gibraltar öyinida ikki gol ham ikkinçi bölimda urildi: Jozef Mbong maltaliklarni hisobda oldinga olib çiqqandi, köp ötmay Jeyms Skenlon javob golini urdi. Mezbonlar ğalabaga yaqinroq edi, ammo yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadi.
4-oktabr. Malta – Andorra
D ligasi, 2-guruh
Ozarboyjon – Lixtenşteyn 0:0
Bokuda keçgan öyinda hisob oçilmay qoldi. Ozarboyjonliklar öyinning 70 foiz qismida töpga egalik qilişdi, zarbalar soni böyiça mutlaq ustunlikka ega bölişdi (26:4), ammo hisobni oça olişmadi. Natijada turnir jadvalida Litvaga yetib oliş imkoniyatidan foydalanilmadi, lekin guruh peşqadamligi masalasini ikki kun ötib özaro öyinda hal qiliş mumkin.