Tezkor gidrometeorologik axborotga köra, sovuq havo massalari 3-oktabr kuni mamlakatning şimoliy hududlariga, 4–5-oktabrda esa respublikaning qolgan hududlariga kirib keladi.

Qayerda va qaçon yomğir yoğadi?

3–4-oktabr kunlari şimoliy va çöl hududlarida, 4–5-oktabrda esa mamlakatning qolgan hududlarida yomğir kutilmoqda.

Ayrim joylarda yomğir kuçli böladi. Baland toğli hududlarda yoğingarçilik qorga aylanişi prognoz qilingan.

Harorat qançaga pasayadi?

Havo harorati asta-sekin pasayib, respublika böyiça kunduz kunlari 15–20 daraja, keçalari 5–10 daraja iliq böladi.

Şimoliy hududlarda yanada salqin ob-havo kutilmoqda: kunduzi 12–17 daraja, keçalari esa 2–7 daraja iliq bölişi prognoz qilingan.

Şamol çang-tözon kötarişi mumkin

3–4-oktabr kunlari respublikaning baʼzi joylarida şamol tezligi sekundiga 13–18 metrgaça kuçayişi kutilmoqda.

Ayrim hududlarda şamolning tezligi baʼzida sekundiga 20–22 metrgaça yetişi va çang-tözon kötarilişi mumkin.

5–6-oktabr kunlari esa mamlakatning ayrim joylariga tuman tuşişi ehtimoli bor.