Keyingi yillarda Xitoy çempionati vakillari şov-şuvli transferlarni amalga oşirişda faol bölmoqda. Bugun ham "Krasnodar" özbekistonlik yarim himoyaçisi Odil Ahmedovning "Şanxay SIPG" klubiga transfer qilingani haqida rasman e'lon qildi. Norasmiy manbalarga köra, uşbu transfer qiymati 8 mln yevroni taşkil qildi.

29 yoşli bu futbolçi "Zenit"ning sobiq hujumçisi Xalk ("Şanxay SIPG"ga 2016 yil yozida ötgan) va "Çelsi"ning sobiq yarim himoyaçisi Oskar (23 dekabr kuni) bilan jamoadoş böldi. Şanxayliklar jamoasini ayni vaqtda portugaliyalik mutaxassis Andre Villaş-Boaş boşqarmoqda.

Quyida Xitoy çempionatidagi eng köp maoşlarni oluvçi futbolçilar sanab ötilgan.

Oskar ("Şanxay SIPG")

Braziliyalik bu futbolçi transferi uçun xitoyliklar 71 mln yevro sarfladi. Uning yillik maoşi miqdori esa 18,5-21,5 mln yevro.

Xalk ("Şanxay SIPG")

Bu hujumçi 2016 yilning yozida 55 mln yevro evaziga Xitoy jamoasiga kelib qöşilgandi. Turli manbalarga köra, uning yillik maoşi miqdori 40 mln yevro.

Aleks Teyşeyra ("Tszyansu Sunin")

Yana bir braziliyalik. U Donetskning "Şaxtyor" jamoasidan 50 mln yevroga xarid qilingan. Unga yiliga 10 mln yevro miqdoridagi maoş tayinlangan.

Jyekson Martines ("Guançjou Evergrand")

Kolumbiyalik bu futbolçi 2016 yilning fevralida "Atletiko"ni pullarga almaşgan. Uning uçun sobiq jamoasiga 42 mln yevro tölandi. Öziga 12,5 mln yevro miqdorida yillik maoş.