Barchaga ma'lumki, mineral suv inson organizmi uchun foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi. Ayrim insonlar gazli mineral suvlarni iste'mol qilishni xush ko‘radi. Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savollar tug‘iladi: Biz gazli suv tanlovida adashmaymizmi? O‘zbekistonda ham salomatlik uchun foydali bo‘lgan tabiiy ma'danli suv mavjudmi?

Albatta, tabiiy manba orqali olingan suv odatiy ichimlik suviga nisbatan o‘zida barcha shifobaxsh xususiyatlarni saqlab qoladi. O‘zbekistonning Namangan viloyatida esa mana shunday foydali sifatlarga ega ma'danli suv ishlab chiqarilmoqda.

Xo‘sh, Chortoq mineral suvining afzallik jihati nimada? Gazli ichimlik qayerda va qanday sharoitda ishlab chiqariladi? Aynan shu savollarga batafsil javob olish maqsadida KUN muxbiri bir guruh matbuot xodimlari bilan birga Namangan viloyatining Chortoq dam olish hududiga tashrif buyurdi. Bu yerda jurnalistlar uchun maxsus  press-tur tashkil etildi.

Sayohat davomida OAV xodimlari mutaxassislar tomonidan Chortoq mineral suvining inson organizmi uchun foydali xususiyatlari haqida bilib olishdi. Shuningdek, suvni shisha idishlarga quyish, filtratsiya va zararsizlantirish jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.

Aleksey Tudakov, “Chortoq Mineral Water” kompaniyasining rahbari:

“Biz mazkur shifobahsh suvning tozalash jarayonini har bir bosqichiga katta e'tibor, mas'uliyat bilan qaraymiz. Ayni paytda idishning yangi dizayni yanada mukammal ko‘rinishga ega: u yashil rangli va kuchli quyosh nurlari va boshqa tashqi salbiy ta'sirlardan himoyalangandir. Har bir xonadonning dasturxonida foydali xususiyatlarga boy bo‘lgan Chortoq suvining turishini tavsiya qilaman. Zero, salomatlikni asrash – o‘z qo‘limizdadir.”