Bojxona maʼmurchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni joriy etish koʻzda tutilmoqda:

  • amalda bojxona bojidan ozod etish va nol stavkani qoʻllash boʻyicha taqdim etilgan imtiyozlarni ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlab qolish;

  • bojxona boji boʻyicha muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2029-yil 1-yanvar etib belgilash.

Bunda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaning tashqi savdodagi tarif choralarini Jahon savdo tashkiloti talablari asosida vaqtincha tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolatlari 2028-yil 1-yanvarga qadar saqlab qolinadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini 3 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.