Xorazm viloyati markazi Urganç şahridagi “ Oxun bobo” jome masjidi ötgan asrda qurilgan bölib, vaqt ötişi bilan zamon talablariga mutlaqo javob bermaydigan ahvolga kelib qolgandi. Sönggi yillarda Urganç şahrining arxitektura, şaharsozlik jihatdan tamomila qaytadan qurilayotgani jome masjidini ham yangiça, zamonaviy tarzda bunyod etişni talab qilardi.



Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 28 yanvar kuni Xorazm viloyatiga amaliy taşrifi davomida “Oxun bobo” masjidi qurilişining birinçi tamal toşini şaxsan qöyib, masjidning körkam, barça talab-ehtiyojlarga javob berişini közlab, fikr-mulohazalar bildirgan edi.



KUN.UZ’ga berilgan ma'lumotlarga köra, deyarli bir yil muqaddam boşlangan xayrli iş nihoyasiga yetmoqda. Umumiy maydoni uç yarim gektarni egallagan masjid majmuasida namozxonlar uçun zarur bölgan barça şart–şaroitlar yaratişni közda tutib, uç yarim ming kişiga möljallangan yozgi ayvon, qabulxona, avtoturargoh, taşqi manzaralari yaşil maydonlar taşkil qilinyapti.












