“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlardan bir guruhini “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida” O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarori chiqdi.
Unga ko‘ra, milliy ma'naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan quyidagi yoshlar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi:
1. Abduraxmanov Xikmat Abduraxmanovich – Xalqaro biznes va texnologiya assotsiatsiyasi raisi
2. Abduraxmanova Ruxsoraxon Xotamjon qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi
3. Abdushukurov Oybek Abdurashidovich – “Yosh kinoijodkorlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi
4. Azimov Anvar Xabibullayevich – “Mening yurtim” telekanali boshlovchisi
5. Akramov Muzaffar Maxkamovich – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati mas'ul xodimi
6. Axadjonov Asilbek Abdusalom o‘g‘li – R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchisi
7. Aximbetova Gulbaxor Qanatbayevna – O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Nukus filiali o‘qituvchisi
8. Ahmadova Aziza Baxtiyor qizi – “Yoshlar” telekanali “Ma'naviyat” bosh muharririyati 1-toifali muharriri
9. Ashurova Gulchexra Sayfullayevna – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi
10. Bazarbayev Sardor Urinboyevich – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi
11. Boytemirova Charos Alimdjanovna – “Jizzax akkumulyator zavodi” aksiyadorlik jamiyati elektrodlar sexi qadoqlovchi-taxlovchisi
12. Davlatov Abror Borijon o‘g‘li – Namangan davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyi o‘qituvchisi









