O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:

1. 1-bandning uchinchi xatboshisi qo‘yidagi tahrirda bayon etildi:

“investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;”.

2. 2-banddagi “Vakolatli banklar» degan so‘zlar “Tijorat banklari» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

3. 3-banddagi “vakolatli banklar” degan so‘zlar “tijorat banklari” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

4. Quyidagi mazmundagi 6(1)-band bilan to‘ldirildi:

“6(1). Quyidagi operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:

10 000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish - rezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish), chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun chet elga mablag‘lar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar (xizmatlar) ko‘rinishidagi qarzlar hamda lizing obektlarini berish;

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablag‘larni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda ko‘chmas mulkni sotib olish uchun o‘tkazish ”.

5.7-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “vakolatli bankka” va “vakolatli bank” degan so‘zlar tegishlicha “tijorat bankiga” va “tijorat banki” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

6. 8-banddagi “vakolatli banklarga” degan so‘zlar “tijorat banklariga” degan so‘zlar bilan almashtirildi.