Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyati Uçqörğon tumanida 5 yoşli qizaloq jabrlangan fojia yuzasidan özining Telegram-kanalida munosabat bildirdi. Uning sözlariga köra, bunday dahşatli jinoyatlar uçun javobgarlikni imkon qadar kuçaytiriş zarur.
Bayonot yuristlar, huquq himoyaçilari va jamoatçilik fikri yetakçilari örtasida keng aks sado berdi.
Yuridik fanlar doktori Nodirbek Salayev birinçilardan bölib taşabbusning huquqiy asoslarini tahlil qildi. U demokratik davlatlar tajribasini çuqur örgangan holda javobgarlikni imkon qadar kuçaytiriş vazifasini qöllab-quvvatladi. Salayev buning uçun allaqaçon asos mavjudligini taʼkidladi: 2026-yilgi Davlat dasturi va Prezidentning 3-martdagi PF-33-son Farmoni. Ular asosida voyaga yetmaganlarni zörlaş va ularga nisbatan jinsiy xarakterdagi zöravonlik harakatlari uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgan.
Jurnalist va advokat Zafarbek Solijonov ham şunga öxşaş pozitsiyani bildirdi. U Saida Mirziyoyevaning sözlarini ölim jazosini qayta joriy etiş taklifi sifatida talqin qilmaslikka çaqirdi. Uning fikriça, Administratsiya rahbari jamoatçilikning ğazabini baham körişini, biroq qonun doirasida, yaʼni eng yuqori jazo - umrbod ozodlikdan mahrum qiliş bölgan şaroitda jazoni imkon qadar kuçaytirişga erişişini anglatgan. Solijonov ölim jazosi 2008-yil 1-yanvardan bekor qilingani va Konstitutsiyaning 25-moddasi bilan taqiqlanganini eslatdi. Davlat jazoning şafqatsizligiga emas, balki jazoning muqarrarligiga urğu bermoqda.
Bu fikrni yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD), professor vazifasini bajaruvçi Razzoq Altiyev ham rivojlantirdi. Uning bahosiga köra, Administratsiya rahbari javobgarlik kuçaytirilişini, aybdorlar esa qilmişiga yaraşa jazolanişini nozik tarzda yetkazgan. Altiyev umrbod ozodlikdan mahrum qilişni yanada oğir va adolatli çora deb hisoblaydi, asosiy maqsad esa jazoning muqarrarligi bölişi kerak, deb taʼkidlaydi.











