Toşkentdagi sobiq şampan zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari tufayli quriliş obyektini Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulab tuşgan. Oqibatda qabristonning 15-sektori oxirgi qatoridagi bir neçta qabrtoş şikastlangan. Holat yuzasidan poytaxt hokimligi ötkazgan örganişlarda qabrlar oçilmagani aniqlangan.

«Qoidabuzarliklar bilan olib borilgan quriliş işlari töxtatildi, masʼul şaxslar aniqlandi. Hodisa tafsilotlari va masʼul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Aybdorlar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi», - deyiladi hokimlik munosabatida.

Quriliş buyurtmaçisi va pudratçi taşkilotga devor qulaşining oqibatlarini bartaraf etiş hamda şikastlangan qabrtoşlarini tiklaş majburiyati yuklatilgan. Taşkilot vakillari uzr sörab, işlarni hafta oxirigaça yakunlaşini bildirgan.

Hokimlik marhumlarning yaqinlari qayğusi va eʼtirozlarini tuşunişini taʼkidlagan. «Ötganlar xotirasi va ularning yaqinlari his-tuyğulariga hurmat bilan munosabatda böliş şart», - deyiladi munosabatda.

Hokimlik tiklaş işlari nazoratda bölişini va vaziyat yuzasidan jamoatçilikka maʼlumot berib borilişini bildirgan.