
Surxondaryo viloyati hokimining tegişli qarori bilan Xidirova Zulxumor Abduraşidovna viloyat hokimi örinbosari – Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi.
Z.Xidirova 1968 yilda Şörçi tumanida tuğilgan. 1992 yilda hozirgi Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, ona tili va adabiyoti öqituvçisi.
Z.Xidirova faoliyati davomida 2015-2017 yillarda 1-umumta’lim maktabi direktori örinbosari, 2017-2020 yillarda tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi, 2020-2021 yillarda tuman hokimi örinbosari – mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği lavozimida faoliyat körsatgan.
Mazkur tayinlovgaça Z.Xidirova Surxondaryo viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.

Qaşqadaryo viloyati hokimining qarori bilan Karamova Komila Zaydullayevna viloyat hokimining örinbosari – Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovgaça K.Karamova viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari – viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi vazifasida işlab kelayotgan edi.







