Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berilgani ma’lum böldi. Bu haqda IIV rasmiy saytining qidiruvdagi şaxslar bölimida e’lon paydo böldi.

E’londa körinişiça, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida körsatilgan jinoyatni (firibgarlik, juda köp miqdorda) sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Jinoyat kodeksida uşbu turdagi jinoyat uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigaça (132 mln sömdan 198 mln sömgaça) miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi belgilangan.
Islom Ibrohimov asosan biznesda muvaffaqiyatga erişiş, boy böliş haqidagi treninglari bilan tanilgan. Ma’lum bir tölov evaziga turli viloyatlarda uşbu turdagi treninglar ötkazib kelgan.
SUBeKTIV oldinroq “biznes-trening” nomi ostida sotilayotgan kurslar hamda ular orasida özi haqida yolğon ma’lumot tarqatiş orqali mijoz yiğayotganlar haqida film tayyorlagan edi. Unda Islom Ibrohimov faoliyatiga ham alohida töxtalib ötilgandi.












