21 iyul kuni Sirdaryo viloyati vakilligida viloyat imom-xatiblarining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham qatnaşdi. Yiğiliş bugungi kun talablaridan kelib çiqqan holda, tanqidiy va tahliliy ruhda ötgan.
Özbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berişiça, yiğilişda taşkiliy masala körilgan. Unga köra, Özbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi va Guliston şahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi Mö'minjon domla Usmonov öz xohişiga köra, egallab turgan lavozimdan ozod etilib, Guliston şahri «Tavhid» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan.

Öz navbatida, Toşkent şahridagi «Mahkamboy Hoji Ota» jome masjidi imom-xatibi Zokirov Habibulloh Özbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat boş imom-xatibi va Guliston şahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi lavozimlarini egallagan.

Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Özbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyruği asosida Toşkentdagi «Şayx Zayniddin» masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli öz vazifasidan ozod etilgandi.







