Oliy Majlis Qonunçilik palatasida sözga çiqqan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov deputatlarning sinflardagi öquvçilar sonini qisqartirişga doir savollariga javob berdi.

«Bu yil maktablarimizni adaşmasam 500 ming bola bitiryapti. Birinçi sinfga esa qariyb 700 ming bola kelyapti. Ötgan yili tuğilgan bolalar, xudoga şukr, 905 ming… Ya’ni 7 yildan keyin birinçi sinfga 905 ming bola keladi.

Hozir 11 ta sinfda jami öquvçilarimiz 6,2 million bölsa, har bir sinfda örtaça 550 ming öquvçi bor. Taxminan 5 yillardan keyin har bir sinfda 700 minglar atrofida bola böladi. Ya’ni öquvçilar soni 7 million böladi. Va hokazo…

Şuning uçun bitta sinfdan 36-40 nafar öquvçini kamaytiriş uçun köp öylayapmiz. Köp işlarni qilişimiz kerak. Hurmatli vazirimiz [xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov nazarda tutilmoqda – tahr.] ham bu haqda aytdilar.

[Bundan taşqari], darslarning sonini keskin qisqartirişimiz kerak. Dunyoda bunça köp dars ötadigan oliy ta’lim muassasasi ham, maktab ham yöq. Faqat Özbekiston darslar soni böyiça dunyoda birinçi örinda turadi. Şuning uçun darslar sonini qisqartirib, muammoni hal qilişimiz mumkin», – deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lumot uçun, 2021/22 öquv yili boşiga umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan öquvçilarning bitta sinfdagi örtaça soni 25 nafarni, Toşkent şahrida esa 31 nafarni taşkil etgan.

Statqöm ötgan hafta e’lon qilgan bu statistikada hududlar va sinflar kesimidagi öquvçilar soni, xususan jami sinflarning qançasidan me’yordan ortiq öquvçi öqiyotgani haqida ma’lumot berilmagan. Ya’ni Özbekistondagi neçta sinfda 40 nafardan ortiq öquvçi öqiyotgani ma’lum emas.

Qonunçilikka köra, umumta’lim maktablarida bitta sinfdagi öquvçilar soni 35 nafardan ortib ketişiga yöl qöyilmaydi. Biroq qator maktablarda, xususan Toşkent şahrida maktab va pedagoglar yetişmovçiligi sabab bu me’yorga amal qilinmaydi.