Prezident Şavkat Mirziyoyev 15-oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning (OHIÇK) yettinçi sammitida iştirok etdi.

OHIÇK 1992-yilda taşkil etilgan, hozirgi kunda 28 ta aʼzo davlat, kuzatuvçi maqomidagi 9 ta mamlakat va 5 ta xalqaro taşkilotni birlaştirgan xalqaro platforma hisoblanadi.

Kun tartibiga muvofiq, xalqaro vaziyat va hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi hamda bir qator taşkiliy masalalar körib çiqildi.

Şavkat Mirziyoyev Boku sammitidagi nutqida dunyodagi çuqur geosiyosiy özgarişlar yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilişni talab etayotgani haqida söz yuritdi.

– Ayniqsa, Osiyoning turli hududlaridagi qurolli nizolar barçamizni çuqur xavotirga solmoqda. Ularning oqibatlari mojaro hududidan taşqariga çiqib, siz bilan biz yaşayotgan mintaqa xavfsizligiga jiddiy putur yetkazmoqda, global iqtisodiyotga zarar keltirib, millionlab insonlarning hayotiga salbiy taʼsir körsatmoqda, – dedi davlat rahbari.

Prezident har qanday nizo va kelişmovçiliklar faqat tinç yöl bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barça tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilişi zarurligini taʼkidladi.

Özaro uyğun va oldindan taxmin qiliş mumkin bölgan harakatlarga, olingan barça majburiyatlarni bajarişga asoslangan munosabatlarning barqaror tizimini yaratişda OHIÇK alohida örin tutişi qayd etildi.

Şu munosabat bilan Özbekiston yetakçisi tomonidan Osiyoda işonç infratuzilmasini şakllantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş, unda davlatlar örtasida özaro boğliqlik va hamkorlikni kengaytirişning asosiy yönalişlari hamda aniq çora-tadbirlarini belgilaş taklif qilindi.

– Transport va energetika böyiça qöşma loyihalar, savdo va raqamli aloqalarni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar almaşuvlar katta ahamiyatga ega, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident sözining davomida hozirgi şiddatli texnologik taraqqiyot va iqlim özgarişlari ham yangi vazifalarni kun tartibiga qöyayotganini taʼkidladi.

– Sunʼiy intellekt kundalik hayotimizni tez özgartirmoqda. U çeksiz imkoniyatlar yaratiş bilan birga jiddiy xavf-xatarlarni ham keltirib çiqarmoqda. Endi biz raqamli taraqqiyot barçaga birdek foyda keltirişi, texnologik rivojlanişdagi farq qisqarişi uçun bor imkoniyatlarni safarbar etişimiz zarur, - dedi davlat rahbari.