1-oktabr – Osiyo öyinlarining ön ikkinçi kunida Özbekiston delegatsiyasi vakillari sportning 12 turida musobaqalarda iştirok etdi, ammo kunni oltin medalsiz yakunladi.

Kun davomida atigi ikkita kumuş medal qölga kiritildi – dzyudoda Şahram Ahadov, yunon-rum kuraşida Alişer Ğaniyev finalgaça yetib bordi, ammo hal qiluvçi bahslarda yutqazişdi.

Dzyudo

Özbekiston dzyudo jamoasi bugungi dasturda 5 nafar sportçi bilan iştirok etdi.

-73 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Şahram Ahadov turnirni yaxşi ötkazdi. Amaldagi Osiyo çempioni hisoblangan uşbu sportçi dastlabki bosqiçda Afğoniston vakili Sayid Muhammad Sayidiyni (ippon), çorakfinalda janubiy koreyalik An Jayehongni (ippon), yarimfinalda esa yaponiyalik Tatsuki Işiharani (yuko) mağlub etdi.

Ammo finalda BAA nomidan iştirok etgan asli rossiyalik Kazbek Naguçevga yutqazdi va kumuş bilan kifoyalandi.

photo_2026-10-01_15-32-47

-81 kg vazn toifasida qatnaşgan Arslonbek Tojiyev esa birinçi bosqiçdayoq tojikistonlik Abubakr Şerovga mağlub böldi. Tojikistonlik kuraşçi finalgaça yetib bora olmadi va Tojiyevda bronza uçun kuraşiş imkoniyati yuzaga kelmadi.

Öz navbatida, qizlar jamoasining uç vakili ham bronza uçun kuraşdi.

-57 kg vazn toifasidagi Şukurjon Aminova avvaliga qirğizistonlik Janar Jöldoşevani (ippon), keyin qozoğistonlik Dana Abdirovani (ippon) mağlub etdi, ammo yarimfinalda uşbu vazn toifasi favoriti (jahon çempioni va Olimpiada finalçisi) bölgan Hu Mi Miga mağlub böldi. Yakunda koreyalik sportçi finalga çiqib, çempion böldi, bu esa Aminovaga bronza uçun kuraşiş imkoniyatini taqdim etdi. Ammo özbekistonlik dzyudoçi medal uçun bahsda yaponiyalik Mio Şirakanedan ippon bahosi bilan mağlub böldi.

-63 kg vazn toifasida bellaşgan Marjona Nurillayeva birinçi bahsdayoq KXDR vakili Kim Ji Hyega yutqazdi (vazari), raqibi finalgaça çiqqani tufayli Nurullayevada bronza uçun kuraşiş imkoniyati tuğildi. U dastlab ötiş bahsida qirğizistonlik Adina Köçkonbayevadan ustun kelgandi (yuko), ammo medal uçun bahsni qozoğistonlik Esmigul Kuyulovaga boy berdi (vazari).