Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qiliş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Yangiliklardan biri aliment tölaşdan böyin tovlovçi otalar haqida bölib, endilikda voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uçun alimentlarni öz vaqtida tölamagan şaxslarga 15 sutka qamoq yoki bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari, ya’ni 6 mln jarima jazolari qatoriga 120 soatgaça haq tölanadigan jamoat işlariga majburiy ravişda jalb etiş jazosi ham qöşildi.

Bunda haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etiladigan şaxslar iş haqining 50 foizi aliment majburiyatlari böyiça qarzni tölaşga yönaltiriladi.

Qonunning avvalgi tahririda buning uçun 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq yoki BHMning 20 baravari miqdorida jarima bor edi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2021 yilda voyaga yetmagan farzandiga aliment tölaşdan böyin tovlagan 5300 dan ortiq fuqaro ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. 2022 yilda bu körsatkiç 8700dan ortgan.

Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, byuroga kelib tuşgan 48 ming 200 dan ortiq murojaatning 25 ming 600tasi, ya’ni 53 foizi alimentga oid.  

Joriy yilda aliment ijro hujjatlari böyiça moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 495 mlrd sömlik aliment pullari undirilgan,

2,2 mlrd sömlik 13 ta uy-joy va 255 mln sömlik 2 ta transport vositasi aliment oluvçilarga oldindan tölov sifatida berilişi ta’minlangan.

Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatovning ma’lum qilişiça, MIB huzurida taşkil etilgan “Aliment tölovlari” davlat maqsadli jamğarmasi hisobidan 487 nafar aliment oluvçilar foydasiga jami 6,2 mlrd söm mablağ yönaltirilgan.

Byuro aralaşuvi bilan 6 mingdan ziyod qarzdor işga joylaştirilgan, 11,200 dan ortiq oilalar yaraştirilgan.

Madina Oçilova tayyorladi.

Tasvirçi va montajçi ¬ Nuriddin Nursaidov.