08:08 / 16.07.2015
2808

Buxoroda Yozgi teatr akademiyasi bo‘lib o‘tmoqda

1 iyuldan 15 sentabrgacha Buxoroda Yozgi teatr akademiyasi (“Ustoz va shogird» san'at ustalari yozgi maktabi) bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” uyushmasi va Shveytsariyaning hamkorlik bo‘yicha byurosi tomonidan tashkil qilindi. Avliyoquli Xo‘jaquliy loyihaga badiiy rahbarlik qilmoqda.

O‘zbekistonning har bir viloyatidan 5 nafar ishtirokchi vokal, sahna nutqi, xoreografiya bo‘yicha master-klasslardan o‘tmoqda va ko‘plab boshqa ko‘nikmalarga o‘qitilishmoqda. Maktabda Hamid Mahmudov (sahna nutqi), Shuhrat Abdumalikov (stsenografiya), adabiyotshunos, Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha mutaxassis Nafas Shodmonov, tanqidchi, teatrshunos Qamariddin Ortiqov va boshqalar ishtirokchilarga saboq berishmoqda.

O‘qitishning natijasi sifatida ijodiy loyiha amalga oshirilib, uning premerasi 15 sentabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihaning noyobligi shundan iboratki, unda har bir ishtirokchi barcha san'at turlari bilan oshno bo‘lib, teatr san'atiga an'anaviy qarashlar doirasidan tashqariga chiqib, o‘zlariga yo‘l topishlari va yangi ijodiy cho‘qqilarni zabt etish uchun ilhom bilan quvvatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Top