AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi davom etar ekan, Vaşington oldida yana bir oğir savol paydo böldi. Bu savol ikki haftadan buyon AQŞ prezidenti Donald Trampni qiynab kelmoqda: Saudiya Arabistonining iltimoslariga könib, AQŞ harbiylariga husiylar nazoratidagi nişonlarga zarba berişni buyurişi kerakmi?

Ammo bu qaror husiylarni qöllaydigan Eronga qarşi uruşda yana bir frontni oçib yuborişi mumkin edi. Tramp esa özi boşlagan va butun dunyo iqtisodiyotiga zarba berib kelayotgan uruşni yarim yildan ortiq vaqtdan beri tugata olmayapti.

New York Times'ning yozişiça, Tramp Saudiyaning husiylarga qarşi kuraşda yordam sörab qilgan murojaatlari borasida bir neça hafta ikkilanib kelgan.

Valiahd şahzodaning qönğiroği

17-sentabr, payşanba kuni vaziyat keskin tus oldi. AQŞ maʼmuriyati rasmiylarining naşrga aytişiça, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon prezidentga qönğiroq qildi. Qirollikning de-fakto rahbari va Eron uruşida AQŞning asosiy ittifoqçisi bölgan şahzoda jadal ilgarilayotgan husiylar hujumini susaytirişga yordam beriş uçun Trampdan yana bir bor aralaşişni söragan.

Tramp bundan bir kun oldin maslahatçilari bilan uçraşib, ularga zarbalar beriş tarafdori emasligini aytgandi. Ammo valiahd şahzoda bilan gaplaşgaç, fikridan qaytdi va Pentagonga havo zarbalariga tayyorgarlik körişni buyurdi.

Biroq yakşanba kuni tuşga kelib, prezident yana fikridan qaytganga öxşadi, deb yozmoqda Times. Naşr bilan gaplaşgan Oq uy rasmiylariga köra, AQŞ husiylarga havo zarbalari bermaydi. Heç bölmaganda hozirça. Rasmiylar harbiy rejalarni muhokama qilişga vakolatlari bölmagani uçun ismlarini oşkor qilmaslik şarti bilan gapirgan.

Oq uyning matbuot xizmati esa Trampning qaror qabul qiliş jarayonini rasman izohlaşdan boş tortdi. Maʼmuriyatning yuqori martabali rasmiylaridan biri faqat şunday dedi: «AQŞning Saudiya Arabistoni bilan mudofaa kelişuvi bor va biz doim ittifoqçilarimizni himoya qilamiz».

Sönggi daqiqalarda özgargan qaror

Maʼmuriyatdagi yana bir yuqori lavozimli manbaga köra, prezidentning yaqin davrasidagilarning aksariyati Saudiyaning husiylarga qarşi uruşiga qöşilişga şubha bilan qaragan yoki bunga oçiq qarşi çiqqan. Buning asosiy sababi AQŞ harbiylari Eron bilan uruşda allaqaçon duç kelayotgan zöriqiş edi.