Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amudaryo orqali ötuvçi Turkmanobod-Farob yangi temir yöl köprigini oçişdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Muhim voqea şarafiga katta bayram tadbiri ötkazilgan.
Yangi temir yöl köprigining uzunligi 1750 metr bölib, eng ilğor texnologiyalarni qöllaş orqali qurilgan. Katta seysmik barqarorlikka ega va öta oğir yuk poyezdlarining ötişi hisobga olingan konstruksiyalardan foydalanildi. Köprik ostidagi kema ötiş joyining balandligi 10 metr, kengligi – 60 metrga teng.
Köprik konstruksiyasi 18ta temir-beton tayanç ustunlariga ega. Diametri 1,5 metr bölgan temir-beton qoziqlar tayanç ustunlariga tuşadigan yuklamani bir xilda taqsimlaydi. Qoziqlar ötirindilardan himoyalaş maqsadida şişapoliefirli trubalar bilan öraldi. Amudaryoning har ikki qirğoğidagi temir yöl köprigi radiusida qirğoqni mustahkamlovçi işlar amalga oşirilgan.

Bugungi kunga qadar Amudaryo orqali temir yöl harakati 1901 yildan beri işlatib kelingan köprik orqali amalga oşirilardi. Şu sababdan Prezident Gurbanguli Berdimuxamedovning 2013 yilning 8 fevralidagi farmoyişi bilan yangi temir yöl köprigini quriş haqida qaror qabul qilingan.
Muhandislik inşootini yaratişda, iqlim, tuproq, muhandislik-geologiya, gidrologiya va tektonik şaroitlar hisobga olindi. Yangi köprik Turkmanistonning Lebap viloyati va qöşni mamlakatlar uçun katta geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Amudaryo böylab yangi köprik orqali ötgan ilk yölovçilarga aylanişdi. Poyezd ikki davlat rahbarlari iştirok etgan oçiliş marosimidan keyin Amudaryo öng qirğoğiga yangi yöl ötkazgiç Turkmanobod-Farob böylab yöl olgan.












