24 aprel kuni Özbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro aloqalar taşkiloti Prezidenti Noriaki Suga boşçiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uçraşdi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda tomonlar, 2017 yil 1 noyabr kuni kuçga kiradigan “Xorijiy fuqarolar uçun texnik amaliyot dasturini tegişli ravişda amalga oşiriş va xorijiy texnik amaliyotçilar himoyasini ta'minlaş töğrisidagi” yangi Qonun talabiga köra, Yaponiyaga texnik amaliyotçilarni yuboriş böyiça Özbekiston va Yaponiya örtasida yangi hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qilişdi.

Uçraşuvda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Özbekiston va Yaponiya örtasida özaro işonçga asoslangan döstona munosabatlar taşkil etilgani va ikki mamlakat örtasida köp öxşaşliklar bor ekanini ta'kidlab ötdi. 

Mehnat vaziri Yaponiya tomonini Özbekistonda töqimaçilik sanoati, ipakçilik, plastik sanoati, metallurgiya, maişiy texnika, axborot texnologiyalari va qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohalari rivojlaniş tendensiyalari bilan taniştirib ötdi. U özbek tomoni Yaponiyada bu tarmoqlarda fuqarolarning texnik amaliyot ötişidan manfaatdor ekanini ta'kidlab ötdi.

Öz navbatida, Noriaki Suga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi va texnik amaliyotçilar tanlab oliş böyiça yangi mexanizm hamda talablar, texnik amaliyotçilarni tanlab oluvçi vakolatli organ qayta taşkil etilişi, şuningdek, Yaponiya mehnat bozorida mavjud ehtiyojlar haqida ma'lumot berdi.

Yaponiya tomoni Yaponiya iş beruvçilarini Özbekiston mehnat resurslari salohiyati va ularning professional könikmalari haqida xabardor etib,  özbek texnik amaliyotçilarini yapon korxonalariga jalb etiş sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar Yaponiyaga texnik stajyorlarni yuboriş böyiça hukumatlararo bitimni qisqa muddatlar içida tasdiqlaş haqida kelişib oldilar.