Ilonlar öziga xos tana tuzilişiga ega bölgan, ölçami 20 sm dan 10 m gaça yetadigan hayvondir. 2700 ga yaqin turi ma'lum. Tanasi har xil yöğonlikda böyiga çözilgan. Dumi hamişa tanasidan kalta. Oyoği bölmaydi. Öziga xos ajoyib harakatlaniş usuli, xatti-harakatlari, zahar tişlari va harakatsiz tik qarab turişi tufayli ilonlar haqida kançadan-qança ertak va afsonalar töqilgan hamda köp xalqlar orasida ilondan qörqiş hissi paydo bölgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Örta Osiyo kobrasi
Kobra — Özbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir. Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gaça. Rangi tana rangidan töq sariq, qönğir yoki qoragaça kuçli darajada özgarib turadi. Özbekistonda kobra faqat Bobotoğda, Hisor tizma toğlarining toğ oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan köproq uçraydi. Qarşi daştida birmunça kamroq, Zarafşon va Nurota tizma toğlarida esa undan ham kam uçraydi.
Şarqda uçraydigan eng sönggi punkti — Xovos atroflaridir. Hatto Bobotoğda ham bir kunda ikkitadan ortiq ilon uçratiş qiyin, odatda, ekspeditsiyalar vaqtida kamdan-kam, ya'ni bir oyda bitta kobrani uçratiş mumkin. Özbekistonda kobra quruq yon bağirlarda, kemiruvçilar inida yaşaydi. Vodiylarda va aholi yaşaydigan punktlarda kamdan-kam uçraydi.
Daşt zaharli qora ilon (gadyuka)
Sirdaryo böylarida köpinça unça katta bölmagan ilon — daşt zaharli qora iloni uçrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm ça, dumi qisqa 4—6 sm. Usti qönğirsimon-kul rang, orqa çöqqasi böylab töq rangli egri-bugri yöli bor, ba'zan u uzuq-uzuq yoki doğlardan iborat böladi. Respublikada Çirçiq vodiysida Xöjakentdan Çinozgaça bölgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda köproq, Çotqol tizma toğlarida Parkent, Çimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uçraydi. Daryo vohalaridagi çingil va şöra ötlar köp ösadigan köllarning qirğoqlarida, şolipoyalar marzalarida köproq yaşaydi. Kemiruvçilarning iniga kirib yaşirinadi. Toğlardagi yaproqli örmonlar zonasida kam uçraydi.
Çarxilon (efa pesçannaya)
Çarxilon unça katta bölmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gaça boradi. Usti qönğir-kul rang yoki qum rang böladi. Qiyşiq joylaşgan yon tangaçalari orqadagilariga qaraganda töqroq böladi. Özbekistonda çarxilon Termiz atroflari va Qorasuv hamda Surxondaryodagi soğ tuproqli çöllarda juda köp. Surxondaryo vodiysi böylab Şörçi va Bobotoğ toğ etaklari atroflarigaça tarqalgan. Qoraqalpoğistonning janubiy tumanlarida va Qizilqum çölida ança kam uçraydi. Bu ilon asosan soğ tuproqli va qumli çöllar, daryo vohalaridagi jarliklar, köhna xarobalarda yaşaydi. Goho u quruq yon bağirlarda yaşaydi.








