Maçu-Pikçu — Perudagi 2438 metr balandlikda joylaşgan, qadimiy inklarning yöqolgan şahri hisoblanadi. Taxminan 1440 yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532 yilda tösatdan huvillab böşab qolgan şahar ança vaqt kişilarning e'tiboridan çetda bölgan. Toğ şamollarining yemirişi va öt-ölanlar qoplab olişi tufayli asta-sekin yöqlik tomon yuz tutgan şaharga 1911 yilda amerikalik tarixçi olim Hayram Binghem duç keladi.
2007 yil 7 iyulda Maçu-Pikçu jahonning yangi yetti mö'jizasidan biri sifatida tan olinadi. 13 iyul kuni Peru prezidenti Alan Garsia bu kunni bayram sifatida nişonlaş haqidagi farmonini imzolaydi.
Bugun Maçu-Pikçu jahonning eng maşhur sayyohlik yönalişlaridan biri hisoblanadi: bu yerga Kusko şahridan poyezdda keliş mumkin, yölga uç soatça vaqt sarflanadi. Biroq toqqa piyoda çiqişni istaydiganlar ham bor, Inklar söqmoği böylab çiqiş uçun bir neça sutka vaqt ketadi.
Çöqqiga yetib borgan sayohatçilarni ibodatxonalar, uylar, omborlar, hattoki rasadxona qarşi oladi. Şuningdek, murğak lamalar, alpaklar bilan uçraşib, öz çiroyi bilan inson qöli bilan yaratilgan har qanday narsadan ustun turuvçi And toğlarining takrorlanmas manzaralariga guvoh böliş mumkin. Gazeta.Ru Maçu-Pikçuning betakror manzaralari aks etgan fotogalereyani e'lon qildi.

Mahalliy lama va alpaklar suratga tuşişni juda yoqtirişadi.

Maçu-Pikçuga yöl oliş uçun eng maqbul yöl Aguas-Kalentes şaharçasigaça boradigan poyezdga minişdir.

Turistlar uçun eng maqbul davr iyun oyidan avgustgaça hisoblanadi. Apreldan oktabrgaça quruq mavsum hisoblanadi (Inklar söqmoği fevral oyida yopiladi).

















