Peru hukumati YuNeSKO tomonidan körsatilayotgan bosim sababli qadimiy şahar Maçu-Pikçuga sayyohlar oqimini kamaytirişga qaror qildi. Bu haqda The Guardian naşri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, majmua taşrif buyuruvçilar oqimi köpayib ketgani sababli xavf ostidagi obektlar röyxatiga kiritilmoqçi bölgan. Ötgan yili Maçu-Pikçuga 1,4 mln kişi kelgan. Qadimiy majmua ançadan beri sayyohlar orasida maşhur qadamjo hisoblanadi, biroq oxirgi yillar u borgan sari ommalaşmoqda.
1 iyuldan majmuaga nazorat bilan ötkaziş tartibi kiritiladi. Sayyohlar Maçu-Pikçuga kuniga faqatgina ikki marta: soat 6:00da va 17:30da kiritiladilar. Yodgorlikka faqat gid bilan, 16 kişidan oşmagan guruh bölib taşrif buyurişga ruxsat beriladi. Hozirça esa sayyohlar Maçu-Pikçu böylab bemalol sayr qilişlari mumkin. Majmuaga kiriş çiptasi narxi avvalgidek 46 dollarligiça qoladi.












