Pandemiya vaqtida taşriflar uçun yopilgan Perudagi Maçu-Pikçu qadimiy şahri birgina yaponiyalik Jyessi Katayama uçun oçildi. U qadimiy şaharga 7 oy içida taşrif buyurgan birinçi sayyoh böldi.

26 yoşli Katayama mart oyida Maçu-Pikçuga taşrif buyurişni va Peruda bir neça kun ötkazişni rejalaştirgan. Biroq koronavirus pandemiyasi sababli u Maçu-Pikçu yaqinidagi Aguas-Kalentes şahrida qolib ketgan. Yaponiyalik sayyoh pandemiya sababli kiritilgan çeklovlar sababli Janubiy Amerikaning boşqa şaharlariga ham taşrif buyura olmagan va qadimiy şaharni köriş ilinjida şaharda 7 oy qolib ketgan.

“Men har kun ertalab yugurişga çiqaman va uzoqda Maçu-Pikçuni köraman. Men u yerga heç qaçon borolmasam kerak deb öylardim. Biroq rostini aytsam, bundan unça xafa ham bölmasdim, çunki bu yerda ajoyib vaqt ötkazdim”, deb aytib bergan özi bilan yuz bergan voqeani Katayama.

CNN telekanalining xabar berişiça, yaponiyalik vatanida boks böyiça murabbiy bölgan. U özga yurtda uzoq vaqt qolib ketgani sababli “öşa yerlik”ka aylanib ketgan va mahalliy bolalar uçun boksdan maşğulotlar ötkazgan. Sayyohning pullari tugay boşlagandan keyin u orzusi uşalmaganiga tan berib, vataniga qaytiş taraddudiga tuşgan. Biroq bundan oldin u mahalliy turistik kompaniyaga murojaat qilib, özi bilan yuz bergan voqeani sözlab bergan. 

Peru madaniyat vazirligi yaponiyalikka peşvoz çiqib, unga qadimiy şaharga kiriş uçun maxsus ruxsatnoma olişida yordam bergan. Şundan keyin Katayamaning orzusi uşalib, u YuNeSKO jahon merosi obekti hisoblanuvçi şaharga 7 oy içida taşrif buyurgan birinçi sayyohga aylangan. Unga ikki fotosuratçi va Maçu-Pikçu boği rahbari hamrohlik qilgan.

XV asrda inklar tomonidan toğlar orasida barpo etilgan Maçu-Pikçu pandemiya sababli hamon sayyohlar uçun yopiq qolmoqda. Biroq mahalliy hukumat uni noyabrdan oçişni rejalaştirmoqda.