8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

17:20 / 03.10.2017 25574

Foto: Pskem daryosida yirik GES qurilmoqda

O'zbekistonda suv-energetika resurslarni boshqarishning yagona tizimini shakllantirish, gidroenergetikani rivojlantirish uchun izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Pskem GESning qurilishi ham bu boradagi ishlarning uzviy davomidir. Shu o'rinda Pskem daryosi O'zbekistondagi o'zlashtirilmagan daryolarning eng yirigi hisoblanadi. Pskem daryosi Oyganing va Maydantal irmoqlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan yirik daryo bo'lib, u to'liq respublikamiz hududida joylashgan. Chotqol va Ko'ksuv daryolari quyilishi Pskem daryosini hosil qiladi. Pskem daryosining eng yuqori qismida O'zbekiston eng yirik Chorbog' GES stansiyasi barpo etilgan. Uning quvvati 620.5 MVt, yillik elektr energiya ishlab chiqarishi  quvvati esa 2 mlrd kVt.soatni tashkil qiladi. Oqimning pastki qismida ya`ni Chirchiq daryosining kanallari, Chirchiq-Bo'zsuv suv energetikasi qismlarida 17 turdagi har xil quvvatga ega bo'lgan GES mavjud bo'lib, bu GESlarda suv resurslaridan samarali foydalaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 mayda “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida”gi PQ-2947-sonli Qarori qabul qilingani aynan gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgandir. Dasturda GES qurish to'g'risidagi kelgusi chora-tadbirlar ham belgilab berilgan.

Chirchiq daryosi havzasida va Chirchiq daryosi oqimi bo'ylab bir nechta GES qurish rejalashtirilgan. Shulardan biri Pskem GES hisoblanadi. Pskem GES yirik obektlardan biri bo'lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi qishloqda Pskem GES qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Pskem GES Toshkentdan shimoli-sharqda 120 km masofada joylashgan bo'lib, Chorvoq suv omboridan 45 km tepada joylashgan. Pskem GESning elektr energiya imkoniyati 404 mvt.ni tashkil etadi. Kattaligi bo'yicha Pskem GESi Chorvoq GESdan keyingi ikkinchi o'rinni egallaydi. Pskem GES yiliga 900 mln. kVt elektr energiyasi ishlab chiqardi va elektr energiya yetkazib beruvchi eng kerakli manba hisoblanadi. Pskem suv ombori to'la hajmda  520.8 mln M3 suvni tashkil qilib, undan olinadigan samarali suv kubi esa 486.5 mln M3 tashkil qiladi. Pskem daryosida ushbu gidroelektrostansiyasi qurilishi mamlakatimizda yoqilg'i energetik resurslarini saqlab qolishini ta`minlaydi. Yiliga 300 ming tonna shartli yonilg'i o'rnini bosadi. Bu bilan 250 mln.mtabiiy gaz va 900 ming tonna Angren ko'mirini tejab qolish mumkin. Pskem GES qurilishi natijasida shu hududda yashovchi aholining turmush sharoitining ijtimoiy-iqtisodiy o'sishiga turtki bo'ladi. Zamonaviy muhandislik va ijtimoiy infrastruktura yaratilishiga olib keladi. Aholini ish bilan ta`minlaydi.

Hozirgi kunda Pskem GES qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.

Pskem GESda olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida 1 oktabr kuni navbatdagi yig'ilish-muzokaralari bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishni “O'zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Sanginov Abdug'ani Abdurahmonovich olib bordi. Yig'ilishda barcha mutassadi tashkilot rahbarlari va “O'zbekgidroenergo” AJ xodimlari hamda Geologiya va mineralogiya Davlat qo'mitasi vakillari  ishtirok etishdi. Obektda olib ishlar yuzasidan ma`lumot berildi. Pskem GES uchun qurilayotgan barcha obektlar ko'zdan kechirildi. Kerakli tavsiyalar berib o'tildi.

 

Top