“Özbekgidroenergo” axborot xizmatiga köra, GES-9 Toşkent şahrida joylaşgan bölib, 1943 yilda işga tuşirilgan. Uzoq yillar davomidagi ekspluatatsiya natijasida, 75 yildan ortiq muddat davomida GESda örnatilgan elektr qurilmalari, texnologik uskunalar moddiy va ma'naviy jihatdan eskirib, sönggi yillarda mazkur GES örnatilgan quvvatlarda işlamay qolgan. 

Modernizatsiyadan söng GESning yillik elektr energiya işlab çiqariş körsatkiçi 95,0 mln.kVt.soatni taşkil etadi. Işlab çiqariş quvvati qariyb 2 barobarga oşib, Toşkent şahrining  60-70 mingga yaqin aholi xonadonlarining elektr energiyasiga bölgan talabi qoplanişi kutilmoqda.

GES-14 Bözsuv kanalida Toşkent şahridan 15 km uzoqda joylaşgan bölib, 1944 yilda işga tuşirilgan. Modernizatsiya doirasida stansiyada 2007 yildan beri işlamay kelgan 1 dona 10,7 MVt quvvatli gidroagregat örniga quvvati 7,5 MVtdan, umumiy quvvati 15 MVtdan iborat 2 dona gidroagregat örnatilgan. GESning yillik elektr energiya işlab çiqariş körsatkiçi 90,7 mln.kVt.soatni taşkil etadi. Bu loyiha işga tuşirilişi natijasida Toşkent viloyatining 50-60 mingga yaqin xonadonlarining elektr energiyasiga bölgan talabini GES-14 orqali ta'minlanişi kutilmoqda.