Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Özbekiston hukumatiga energetika balansini diversifikatsiya qiliş imkoniyatini beradigan umumiy quvvati 25 megavatt bölgan gidroelektrostansiyalar quriş uçun 60 million dollar miqdorida kredit ajratilişini ma'qulladi.

"GES qurişda OTBning hamkorligi Özbekistonning yanada sof va barqaror energetik kelajakni ta'minlaşiga yordam beradi", dedi OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyodagi energiya böyiça mutaxassisi Seng Dak Kim. 

Loyiha doirasida umumiy quvvati 25 MVt bölgan uçta gidroelektrostansiya va umumiy quvvati 1 MVt bölgan uçta mini / mikro GES quriladi. Mini/mikro gidroelektrostansiyalar suv resurslaridan, jumladan töğon yoki suğoriş kanallaridan olinadigan ikkilamçi suvdan samarali foydalanişni ta'minlaydi hamda qişloq va olis tumanlarda muqobil elektr energiyasi manbalariga aylanişi mumkin.  

Mamlakat gidroenergetikasini 2030 yilga kelib 1600 MVtgaça yetkazişga qaratilgan 2,6 milliard dollarlik davlat investitsiya dasturining amalga oşirilişini nazorat qiliş böyiça markaziy idora bölgan "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati loyihani ijro etuvçi agentlik hisoblanadi. kiradi. Şuningdek, OTB butun loyiha davomida "Özbekgidroenergo"ning institutsional salohiyati va korporativ boşqaruvini yaxşilaşga yordam beradi.

Umumiy qiymati 75,3 million dollarni taşkil etadigan loyiha 2023 yil oxiriga qadar yakunlanişi kutilmoqda.