«Özbekgidroenergo» AJ tomonidan Namangan viloyati Uçqörğon tumani Katta Farğona kanalida qurilayotgan kiçik gidroelektrostansiyalar kaskadi işga tuşirildi. Mazkur gidroelektrostansiya 2017 yilning iyun oyida boşlangan.

Bugun, 9 iyul kuni, Namangan viloyati Uçqörğon tumani «Obod guliston» mahallasida quriliş işlari 2017 yil iyun oyida boşlab yuborilgan Katta Farğona kanalidagi kiçik GESlar kaskadining işga tuşirilişiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Rasmiy oçiliş marosimida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Szyan Yan xonim va jamiyat ijro apparati rahbarlari, quruvçilar va tuman aholisi iştirok etdi.

Bundan roppa-rosa 80 yil oldin - 1939 yil 1 avgustda 40 kun içida haşar yöli bilan qurib bitkazilgan Katta Farğona kanalining tantanali oçilişi marosimi ötkazilgan edi.

Uşbu misli körilmagan tarixiy quriliş Farğona vodiysining minglab gektar yerlarini özlaştirişda asosiy suv inşooti bölib xizmat qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda yurtimizdagi yirik suv magistrallardan biri hisoblangan Katta Farğona kanalining suv resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş işlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari körilmoqda. Xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanişni izçil oşiriş, şu asosda yangi ekologik toza işlab çiqiş quvvatlarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş negizida amaldagi gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlaş, ilğor xorijiy tajribani izçil özlaştirişni hisobga olgan suv resurslarini samarali boşqariş, şuningdek, energetika resurslarining mutanosibligini oşiriş, sanoat korxonalari va aholining elektr energiyaga bölgan ehtiyojini yanada tölaroq qondirişni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi «2017–2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisida»gi Qarori asosida respublikamizning tabiiy suv oqimlari va suv xöjaliklari obektlarida «Özbekgidroenergo» AJ tizimida yangi gidroelektrostansiyalar quriş va işlab turganlarini modernizatsiya qiliş böyiça investitsiya loyihalari röyxati tasdiqlangan edi.

Unga köra, 2017–2019 yillarda Namangan viloyatining Uçqörğon tumanidan oqib ötuvçi Katta Farğona kanalida umumiy quvvati 12 MVtga ega bölgan kiçik GESlar kaskadini quriş vazifasi belgilangan. Katta Farğona kanalidagi kiçik GESlar kaskadining işga tuşirilişi natijasida Namangan viloyati yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini 72,89 mln. kVt. soatga oşirişga erişiladi. Bu esa, 48 ming xonadonni yoki viloyatning Uçqörğon tumanini uzluksiz ekologik toza va qayta tiklanuvçi elektr energiyasi bilan töliq ta'minlaşga imkon beradi.