Turkmaniston rasmiylari 15 yil muqaddam, 2002 yilning 25 noyabr kuni mamlakat birinçi prezidenti Saparmurod Niyozovga suiqasd amalga oşirilgani haqida ma'lum qilgandi.
Hukumatning rasmiy talqiniga köra, Aşxobodda Niyozovga suiqasd uyuştirilgan: prezident kortejining yölini KAMAZ yuk maşinasi tösib qöygan, kortej esa öqqa tutilgan. Niyozov jarohat olmagan. Şundan söng Niyozov davlat töntarişiga tayyorgarlik körilgani haqida ma'lum qildi va suiqasdda Boris Şixmurodov hamda boşqa muxolifatçilarni aybladi.
Şixmuradov «suiqasdga» aloqador ekanini rad etdi. Keyinçalik u Turkmaniston Xalq demokratik harakati Aşxobod, Çorjou, Toşhovuz va mamlakatning boşqa şaharlarida Niyozovning iste'fosini talab qilib ommaviy tinç namoyişlar ötkazişni rejalaştirgani haqida ma'lum qildi. Uning özi bu vaqtda davlatdan taşqarida bölgan.
2002 yilning 25 dekabr kuni Boris Şixmuradov Turkmaniston rasmiylariga ixtiyoriy ravişda özini topşirdi va aybsiz ekanini ma'lum qildi. 2002 yilning 30 dekabr kuni esa Turkmaniston Oliy sudi Boris Şixmuradovni 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi, biroq öşa kuniyoq bu jazo umrbod qamoqqa almaştirildi. Şundan söng uning taqdiri bilan nima yuz bergani sirligiça qolmoqda.
«Ularni tirik körsating!» xalqaro kampaniyasi ma'lumotiga köra, Turkmanistonda bugungi kunda 80 dan ortiq insonning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.








