Universitetda o‘qigan birinchi o‘zbek qizi

Foto: ziyouz.uz
Birinchi o‘zbek kimyogar olimasi Zarifa Saidnosirova universitetda tahsil olgan ilk o‘zbek qizidir.
Bu haqda uning o‘zi shunday yozgan: “Men matematika, fizika, kimyodan 5, 6, 7-sinflarga dars bera boshladim. Shu orada SAGUga – O‘rta Osiyo Davlat dorilfuniniga o‘qishga kirdim. Men fizika-matematika fakultetining kimyo sho‘'basiga kirdim. Men SAGUga o‘qishga kirgan birinchi o‘zbek qizi edim. Kirish imtihoni nihoyatda qattiq o‘tdi. Katta bir komissiya oldida fizika, kimyo, rus tilidan imtihon topshirdim. Endi men ham muallima, ham talabaman! Maktab bilan dorilfunun o‘rtasida yelib-yuguraman... O‘rtada rasm studiyasiga qatnayman...»
Taniqli adib Oybekning rafiqasi, oilaparvar ayol va mehridaryo ustoz bo‘lgan Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” nomli kitobi bilan adabiyot ixlosmandlarining mehru hurmatiga musharraf bo‘lgan.
Uning mohir rassom bo‘lgani, 1925 yilda moyli bo‘yoqlar bilan Ahmad Yassaviy maqbarasining oldi, orqasi va ikki yon tarafini tasvirlovchi suratlar chizgani ma'lum. Shulardan biri – maqbaraning yon ko‘rinishi aks ettirilgan surat hozirda Oybek uy-muzeyida saqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:54
-
Neuralink ko‘zi ojiz insonga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga yordam beruvchi chipini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 18:47
-
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi
O‘zbekiston | 18:36
-
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan
Jahon | 18:20
Mavzuga oid

15:00
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

12:52 / 31.01.2025
O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi

18:12 / 22.01.2025