Toshkent shahrida Buka Boxing Sportswear​ kompaniyasiga tegishli ilk brend do‘koni o‘z faoliyatini boshladi. Barcha sport muxlislariga yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan milliy sport brendi - Buka​ firma do‘konida sport yakka kurash anjom va liboslari, mashg‘ulot kiyimlari, yugurish va jang formalari sifat va qulaylikni istagan barcha uchun taqdim etiladi.

“Biz shu paytgacha to‘rt hududda - Toshkent, Andijon, Termiz va Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida frenchayzing do‘konlarimizning faoliyatini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydik. Tez orada Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida ham Buka​ brendi ostidagi do‘konlarni ochishni rejalashtirganmiz”, deydi kompaniya direktori Otabek Anvarov.

Kompaniya direktorining ta'kidlashicha, Toshkent shahri markazida ochilgan flagman do‘konni ishga tushirish uchun katta tayyorgarlik amalga oshirilgan.

“O‘ylaymizki, bu yerdagi tanlov xilma-xilligi professional sportchidan tortib, sog‘lom turmush tarzini tanlagan barchani birdek o‘ziga rom etadi”, deb qo‘shimcha qiladi u.

Buka​ brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sport liboslari 2017 yildan buyon O‘zbekiston nomi bilan jahon arenalarida katta g‘alabalarga erishdi. Brend o‘zbek bokschilaridan tashkil topgan Uzbek Tigers jamoasi shuningdek, O‘zbekiston Boks federatsiyasi, O‘zbekiston Sambo federatsiyasi, O‘zbekiston Havaskor va professional Kikboksing federatsiyasi, O‘zbekiston Taekvando federatsiyasiga rasman texnik homiy sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Kompaniya sportchilarga barcha zaruriy anjom va liboslarni yetkazib beradi.