Joriy yilning 7-11 iyun kunlari Germaniyaning Berlin şahrida paralimpiyaning suziş sport turi böyiça Jahon seriyasi turkumiga kiruvçi Xalqaro musobaqa bölib ötdi. Mazkur musobaqada 67ta davlatdan 592 nafar sportçi iştirok etib, ular orasida 5 nafar Özbekiston paralimpiya sportçilari ham sovrinli örinlar uçun kuç sinaşişdi.

Özbekistonlik sportçilar uşbu nufuzli çempionatda 2ta oltin, 2ta kumuş va 6ta bronza, jami 10ta medalni qölga kiritib, 2ta jahon va 7ta Osiyo rekordini yangilaşdi.
Jumladan:
Islom Aslanov
50 m. krol 00:23.42 - oltin, Osiyo rekordi.
100 m krol 00:51.98 - oltin, Osiyo rekordi.
50 m batterflyay 00:24.92 - bronza, Osiyo rekordi.
100 batterflyay 00:56.15 - bronza, Osiyo rekordi.
Dmitriy Xorlin
800 m erkin 08:38,12 - kumuş, Jahon rekordi.
200 m. kompleks 02:17.95 - bronza, Osiyo rekordi.
Muzaffar Tursunxöjayev
200 m batterflyay 02:17.11 - bronza, Osiyo rekordi.
50 m krol 00:23.79 – bronza.
Firdavsbek Musabekov
50 m brass 00:29.60 - kumuş, Jahon rekordi.
200 m brass 02:30.29 - bronza, Osiyo rekordi.
Özbekiston delegatsiyasi 11 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 20:45da Frankfurt-Toşkent yönalişi böyiça uçib keladi.







