Anvar qori Tursunov vafot etdi

Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov bugun, 13 iyun kuni tongda vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati tasdiqladi.
Anvar qori aprel oyi boshlarida mikroinsultni boshdan kechirib, shifoxonada qolayotgan edi. Keyinchalik uning komadan chiqqani aytildi, biroq ahvoli baribir og‘irligi ma'lum qilingandi.
Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966-1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta'lim maktabida tahsil olgan. 1981 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
1981-1984 yy. – “Yoshlik” jurnalida muharrir, 1984-1987 yy. – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodimi, 1987-1989 yy. – Toshkent shahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, 1989-1994 yy. – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharriri, 1994-1999 yy. – Toshkent shahar, Yashnobod tumani, “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi, 1999-2015 yy. – Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani «Xo‘ja Axror Valiy» jome masjidi imom-xatibi, 2015 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda Toshkent shahar, Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
Anvar qori Tursunov 1989-1992 yillarda Qur'oni karimning birinchi tarjimasiga (Shayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan. Anvar qori Tursunovning Ali ibn Ahmad Naysoburiyning «Asbobun nuzul» («Oyatlarning nozil bo‘lish sabablari») tarjimasi, «Fazilatlar kitobi», «Inson mukarram zot» nomli kitoblari nashr etilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, marhumga janoza bugun asr namozidan so‘ng «Minor» masjidida o‘qiladi.
KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarbalar almashuvidan keyin Pokiston va Hindistonda nimalar bo‘lmoqda - fotolar
Jahon | 22:00
-
Vatikanda konklav boshlandi. Kardinallar yopiq eshiklar ortida yangi Rim papasini saylashga kirishdi
Jahon | 21:54
-
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Jahon | 21:22
-
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

12:38 / 21.08.2018
O‘zbekiston bosh vaziri Anvar qori Tursunov xonadoniga ham bordi

19:33 / 15.06.2018
Prezident Anvar qorining oilasiga hamdardlik bildirdi

13:02 / 08.06.2018
Anvar qori Tursunov vafoti haqidagi xabarlar yolg‘on

01:51 / 28.04.2018