Iqlim özgarişi Özbekistonda qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti. Bu haqda Ekologuz yozmoqda.
Uşbu oqibatlar quyidagilardan iborat:
1. Harorat kötarilişi suvning buğlaniş koeffitsiyentini oşişi mazkur hududlarda suv resurslarini kamayişiga, tanqisligiga ta'sir etmoqda.
2. 1950-60 yillardagi yoğingarçilik juda köp bölgan davrlarga nisbatan yuqorida körsatilgan ekologik tanglik oqibatida umuman yoğingarçilik bölmagan kunlar soni köpaymoqda.
3. Yuqoridagi haroratlarning özgarişi Özbekistonga xos bölmagan şamolning yillik örtaça tezligiga ta'sir etib 3,8-4,0 dan 3,1-3,5 m/s ga kamayişi kuzatilmoqda.
4. Tuproqning namligini kamayişi hisobiga takroriy qurğoqçilik xavfi ortmoqda, har ön yil içida davriy ravişda qurğoqçilik har uç yilda takrorlanişi kuzatildi.
5. Salbiy ekologik özgarişlar şu bilan birga Sirdaryo va Amudaryo suvlarining Orol dengiziga quyilişini surunkali kamayişi Orol dengizidagi suv qoplagan yuzasining qisqarişiga olib kelmoqda.
6. Bu jarayonlar daryo deltasining çölga aylanişi va qurigan dengiz tubida yangi çöl maydonlarini paydo bölişiga olib kelmoqda
7. Çölga aylangan va dengiz tubidagi yangi hududlaridagi tuz va çangni şamol yordamida qişloq xöjaligida östiriladigan suğoriladigan yerlarga uçib borişi bu yerlarni qaytadan şörlanişiga olib kelmoqda.
8. Atmosfera havosini katta maydonlarda çanglanişi ortmoqda.
«Orzularim va bolaligimni öğirladingiz» — Şvetsiyalik qizaloq dunyo siyosatçilarini safsatabozlikda aybladi







