Özbekistonda 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida işsizlik darajasi 8,9 foizni taşkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy axborotida aytilgan.
Qayd etilişiça, sentabr oyida vazirlikning Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qiliş ilmiy markazi respublikaning 108 ta şahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy sörovni ötkazdi. Unda 485 ta fuqarolarni özini-özi boşqariş organlari, 4,9 mingta uy xöjaliklari hamda 26 008 nafar fuqaro qamrab olindi.
Tadqiqot natijalari şuni körsatganki, işsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 8,9 foizini taşkil etgan. Bu körsatkiç 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan soliştirganda, 0,2 foizga (9,1 foiz) pastroq. 2018 yilning mos davriga nisbatan esa işsizlik darajasi 0,1 foizga pasaygan.
2019 yilda ilk bor rasmiy sektorda band aholi soni ortdi. Uning körsatkiçi 9 oy davomida 307,9 mingni taşkil etib, 5 691,2 mingga kişiga yetdi.
Tadqiqot natijalariga köra, respublikadan taşqariga işga ketganlar soni 2,6 mln kişini taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda, 100,7 foizga teng.
2019 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini iş bilan ta'minlaşga kömaklaşiş maqsadida tuman (şahar) Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlariga 595 707 fuqaro iş topişga yordam sörab murojaat qilgan (ular orasida 30 yoşgaça bölganlar soni 213 707 nafarni taşkil etgan). Murojaatçilarning 267 470 nafari iş bilan ta'minlandi, 216 778 kişi jamoat işlariga jalb qilindi. 30 645 nafar fuqaro kasbga öqitişga jalb qilingan bölsa, 47 960 nafar fuqaroga işsizlik nafaqasi tayinlandi.
Işsiz fuqarolarni iş bilan ta'minlaşga kömaklaşadigan yangi xizmat turiga ehtiyoj paydo bölayotgani sababli Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarga moddiy yordam şaklida Davlat jamğarmasi hisobidan subsidiya va grantlar taqdim etişni yölga qöydi. Xususan 10 666 nafar işsizga 8,9 mlrd. söm miqdorda subsidiyalar, şuningdek işsizlarni kasb-hunarga öqitayotgani uçun iş beruvçilarga ham şu turdagi moddiy rağbat körsatilgan.
Yana 8,5 mingdan ortiq özini-özi iş bilan ta'minlagan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari berildi. Bu ularga iş stajini hisobga oliş va pensiya olişga imkon beradi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat resurslari miqdori va sifatini har tomonlama tahlil qiliş, sifatli va obektiv baholaş, şuningdek aholini iş bilan ta'minlaş va bandligini oşiriş maqsadida mehnat bozorini örganişda davom etadi.













