Yosh kadrda qanday xususiyatlar bo‘lishi kerak? – Zafar Hoshimovdan tavsiyalar

O‘zbekistonda global tadbirkorlik haftaligi yakunlanmoqda.
Haftalik doirasida o‘tkazilgan «Konsepsiya – 2030: oliy ta'limda davlat va biznes hamkorligi imkoniyatlari» mavzusidagi munozarada taniqli tadbirkor Zafar Hoshimov yosh kadrlarda qanday xususiyatlar bo‘lishi kerakligi borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avvalo, ijtimoiy tajriba ishga kirishni xohlagan yoshlar uchun o‘ta muhim. Bunda boshqa xodimlar bilan chiqishib ketish, jamoada ishlay olish qobiliyati nazarda tutiladi.
Yoshlar uchun tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyati ham kerak. Ular o‘z fikr doirasi, atrofidagi an'analaridan tashqari ham fikrlay olishi zarur», – degan Hoshimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirkorning ta'kidlashicha, har tomonlama talabga javob beradigan ayrim xodimlarning o‘z fikr doirasidan tashqari fikrlay olmasligi, axborotni tahlil qila olmasligi uni qoniqtirmaydi.
«Ijodiy fikrlashni o‘rganishni ham yoshlarga tavsiya qilgan bo‘lardim. «Bu narsa doim shunday bo‘lgan, uni nega o‘zgartirishimiz kerak», deb o‘ylaydiganlar kelajak ish bozoridan o‘z o‘rnini topishga qiynaladi.
Bundan tashqari, transfer qilish ham kerakli xususiyat. Bunda bir sohada o‘rganilgan bilimlarni boshqa yangi sohada ishlata olish qobiliyati tushuniladi», – deydi u.
Zafar Hoshimovning qo‘shimcha qilishicha, tadqiq qilish qobiliyati ham talabalar, yosh kadrlar uchun juda muhim.
«Faqatgina ilmiy izlanish bilan shug‘ullanadiganlargina tadqiqot o‘tkazmaydi. O‘z ustida ishlashni xohlagan har bir odam doimiy tadqiqot olib borishi kerak.
Lekin, afsuski, bugun ko‘pchilik bu qobiliyatini yo‘qotib qo‘yyapti. Google orqali topilgan birinchi uchta ma'lumotni haqiqat deb o‘ylashga o‘rganib qolinyapti», – deya fikr bildirdi «Korzinka.uz» asoschisi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

08:30 / 30.03.2023
Bojlardan vaqtincha qutulish: oziq-ovqat narxlari qanday arzonlayapti?

19:18 / 27.03.2023