Yaponiyada koronavirus tufayli mamlakatning har bir fuqarosiga 930 dollardan to‘lash boshlandi
Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyena (taxminan 930 AQSh dollari) miqdorida nafaqa to‘lay boshladi. Bu haqda seshanba kuni ma'muriy ishlar va kommunikatsiyalar bo‘yicha vazir Sanae Takaiti ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
«Nafaqa pulini to‘lash mamlakatning 1388ta munitsipalitetida boshlandi, bu ularning umumiy miqdoridan 79,7 foizni tashkil etadi», - deya ma'lum qildi u.
Aprel oyining oxirida Yaponiyada koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy moliyaviy yil uchun (2020 yil 1 apreldan boshlandi) qo‘shimcha 25,6 trln iyena (237 mlrd dollar) miqdorida budjet tasdiqlandi. Nafaqa to‘lash uchun mablag‘lar ushbu puldan olinadi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 17,3 mingdan oshdi, 860dan ortiq kishi vafot etdi. 14 mingdan ortiq odam tuzaldi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
08:30
O‘zbekistonda Yaponiya universiteti ochilishi mumkin
11:31 / 21.01.2025
Yaponiyalik keksa ayollar qashshoqlikdan qochish uchun qamoqxonaga tushishga urinmoqda
00:34 / 17.01.2025
Yaponiyada «megazilzila» sodir bo‘lish ehtimoli 80 foizgacha oshdi
16:40 / 16.01.2025