Ilhom Ne'matov - Markaziy Osiyodagi integratsiya, maslahat uçraşuvlari va suv muammolari haqida
|13:17 / 15.07.202013 60512 min
«Agar 5 yil oldin özbek-qirğiz davlat çegarasini kuniga 200−300 kişi kesib ötgan bölsa, bugungi kunda bu körsatgiç kuniga 30 mingdan oşadi. Tojikiston bilan şartnoma imzolangandan keyin barça 17 ta çegara punkti töliq işlay boşladi. Ilgari ular yopiq edi. Bugun Özbekiston-Tojikiston çegarasini kuniga 20 ming fuqaro kesib ötmoqda».
Foto: Anvar IlyasovFoto: Anvar Ilyasov
Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Ne'matov Gazeta.uz’ga bergan intervyusida Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari, qöşnilar örtasidagi muammolar, jumladan, suvdan foydalaniş masalalarini hal qiliş haqidagi mulohazalari bilan örtoqlaşgan.
«Markaziy Osiyodagi kelişmovçilikning asosiy sababi murosaning yöqligi edi»
– 2016 yilga qadar şakllangan Özbekistonning qöşni davlatlar bilan munosobatlari barça masalalarni qat'iy qayta körib çiqişni talab qilar edi. Şu örinda «Nima uçun?» degan savol tuğiladi.
Çunki, köp yillik nizolar, ba'zida töğri yondaşilganda oqilona yeçimlar topsa böladigan masalalar böyiça «qarama-qarşiliklar» nafaqat kelişmovçiliklarga, balki köpinça çegaralarda noxuş hodisalarga ham sabab bölgan.
Kelişmovçilikning asosiy sababi suvdan va transport kommunikatsiyalaridan foydalaniş, Özbekiston va qöşni davlatlar örtasidagi davlat çegaralarini delimitatsiya qiliş va çegara punktlarini kesib ötiş masalalarida murosaning yöqligi bölgan. Asosiy qarama-qarşilik, yana bir bor takrorlayman, murosaning yöqligi edi.
E'tibor bergan bölsangiz, prezidentimiz bundan ikki yil muqaddam Toşkent viloyati faollari oldida qilgan çiqişlarida şunday degan edilar: «Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida sönggi 25 yil içida töplangan ulkan muz bor. Bu muz erişi uçun qöşni davlatlar bilan hamkorlikda köpgina işlarni amalga oşirişimizga töğri keladi».
«2016 yilga qadar bölgan muammolar bugun butunlay bartaraf qilindi»
– Ötgan uç yil içida, Özbekiston prezidentining taşabbusi bilan mintaqaning barça mamlakatlari bilan yuqori darajadagi taşriflar amalga oşirildi. Mazkur taşriflar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun özaro manfaatli bölgan global masalalar böyiça qaror qabul qilindi: xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ekologiya sohalarida.
Natijada tarixan qisqa vaqt içida Özbekiston va mintaqa mamlakatlari örtasidagi munosabatlarning yaxşi tomonga burilişiga sabab bölgan ulkan özgarişlar röy berdi. Ya'ni, bugun sizga işonç bilan Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari bilan yaxşi munosabatlarga ega ekanligimizni ta'kidlay olaman. 2016 yilga qadar bölgan muammolar bugun butunlay bartaraf qilindi. Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida 25 yil içida şakllangan muzlar şu uç yil içida butunlay eridi deyişimiz mumkin.
Mavzuga oid
Mintaqa davlatlari rahbarlari örtasida siyosiy muloqot mustahkamlandi. Prezidentlar örtasidagi şaxsiy işonç mustahkamlandi. Bugun aytiş mumkinki, mintaqaning barça mamlakatlari bilan savdo aylanmasida misli körilmagan ösiş kuzatilmoqda. 2019 yil natijalariga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi 5,2 mlrd dollarga yetdi.
Mening kuzatişlarim şuni körsatadiki, agar 2016 yilgaça Özbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yillik tovar aylanmasi örtaça 100−150 mln dollarni taşkil etgan bölsa, ötgan yil natijalariga köra barça mamlakatlar bilan tovar aylanmasi örtaça 50 foizdan köproqqa ösgan. Tovar aylanmasi Qirğiziston bilan 8 baravar, Tojikiston va Turkmaniston bilan 5 baravar, Qozoğiston bilan esa 1 milliard dollarga ösdi.
Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan oçiq, konstruktiv, puxta öylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalaniş, Özbekiston va qöşni davlatlar örtasidagi davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş, transport kommunikatsiyalaridan foydalaniş, davlat çegaralarini kesib ötiş kabi murakkab va çalkaş muammolarga yeçim topildi.
2017 yil 5 sentyabrida Özbekiston prezidentining Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida çegara şartnomasini imzoladik. Şuningdek, 2018 yil 10 mart kuni Tojikiston bilan çegara şartnomasi imzolandi. Natijada çegara punktlaridagi barça çeklovlar olib taşlandi.
Agar 5 yil oldin özbek-qirğiz davlat çegarasini kuniga 200−300 kişi kesib ötgan bölsa, bugungi kunda bu körsatgiç kuniga 30 mingdan oşadi. Tojikiston bilan şartnoma imzolangandan keyin barça 17 ta çegara punkti töliq işlay boşladi. Ilgari ular yopiq edi. Bugun Özbekiston-Tojikiston çegarasini kuniga 20 ming fuqaro kesib ötmoqda. Mana Özbekiston va qöşni davlatlar örtasidagi munosabatlarda qanday özgarişlar yuz bergan.
Agar 5 yil oldin Özbekiston Markaziy Osiyoning integratsiya jarayonlarida «susaytiruvçi omil» deb aytilgan bölsa, bugun bu yorliq Özbekistondan butunlay olib taşlandi. Çunki bugun prezidentimizning taşabbuslari bilan Özbekiston mintaqadagi integratsiya jarayonlarini faol ravişda ilgari surmoqda. Aytiş mumkinki, Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi munosabatlar özaro hurmat, özaro foyda va özaro manfaatlarni hisobga olgan holda rivojlanmoqda. Munosabatlarimizning uşbu uçta ustuni barça muammolarni hal qilişda muhim rol öynaydi.
«Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin Markaziy Osiyoda turli taşkilotlar taşkil etildi, ammo ularning istiqbollari yöq edi...»
– Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin Markaziy Osiyoda turli taşkilotlar taşkil etildi, ammo ularning istiqbollari yöq edi.
1993 yilda ilk şunday taşkilot – Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston iştirokidagi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) taşkil qilingan edi. Tojikiston uşbu taşkilotga 1998 yilda, fuqarolik uruşi tugaganidan va mamlakatda tinçlik örnatilgandan söng a'zo bölgan. Uşbu taşkilot 2002 yilgaça faoliyat körsatdi.
Markaziy Osiyo mintaqasida siyosiy, iqtisodiy, ekologik, transport va xavfsizlik masalalari kabi köpgina muammolar mavjud. MOIH nomining özi esa faqat iqtisodiy masalalarni muhokama qiliş bilan çeklanadi.
Şu sababli 2002 yilda, Özbekiston taşabbusi bilan muhokama qilinadigan masalalar doirasini kengaytiriş maqsadida MOIH Markaziy Osiyo Hamkorlik Taşkiloti (MOHT)ga aylantirildi. U 2005 yilgaça faoliyat yuritdi. 2005 yil 6 oktyabrda esa uşbu taşkilotni YevroOsiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (2014 yil YevroOsiyo Iqtisodiy hamjamiyati YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilgani uçun tugatildi – tahr.) bilan birlaştiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Qaror Sankt-Peterburgda davlat rahbarlarining kelişuvlari asosida qabul qilingan.
Nega bu mintaqaviy taşkilotlarning istiqboli yöq edi? Asosiy sabab – ularda mintaqadagi barça mamlakatlarning iştirok etmasligi. Neytral maqomi tufayli Turkmaniston uşbu taşkilotlarda iştirok etmadi. Agar Markaziy Osiyoga bir organizm sifatida qaralsa, barça organlar öz funksiyasini töliq bajarsagina, u işlaydi.
Diplomatik tomondan tahlil qilinsa, Markaziy Osiyo beşta davlatdan iborat: Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston. Agar Özbekiston biror bir mintaqaviy taşkilot tarkibida bölmasa, heç qanday masala – u xoh siyosiy, xoh iqtisodiy yoki gumanitar xarakterga ega bölsin – samarali hal qilinmaydi. Bir mamlakatning mintaqaviy taşkilotga qöşilmasligi uning töliq işlaşi uçun imkon bermaydi.
Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusi haqida
– Prezidentimizning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiliş va mintaqaning barqaror rivojlanişi uçun yangi imkoniyatlarni izlaş uçun muhim maydon böldi. Işonçim komilki, uşbu maslahat uçraşuvi katta istiqbolga ega, çunki uşbu uçraşuvda Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari iştirok etadi.
2018 yil 15 martda Ostona şahrida bölib ötgan birinçi uçraşuvning asosiy natijasi mintaqaning barqaror rivojlanişi uçun yangi imkoniyatlarni izlaş va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi munosabatlarni yaxşilaş böldi.
Ikkinçi maslahat uçraşuvi prezidentimiz taşabbusi bilan ötgan yilning 29 noyabr kuni Toşkentda bölib ötdi. Toşkent uçraşuvidan söng Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaqinlaşuvi qaytarib bölmas jarayonga aylandi.
29 noyabr kuni bölib ötgan oxirgi uçraşuv natijalariga köra, barça davlat rahbarlari bilan qöşma bayonot imzolandi. Uşbu hujjatda Markaziy Osiyoning beş davlati rahbarlari örtasida xavfsizlik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, turizmni rivojlantiriş, yoşlar siyosati böyiça barça kelişuvlar mavjud bölib, tabiiyki Afğoniston masalasi ham kötarilgan. Çunki Markaziy Osiyoning barça mamlakatlari uçun Afğoniston muammosini hal qiliş juda muhimdir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo uçun asosiy tahdid Afğonistondan keladi.
Toşkentda biz şuningdek Maslahat uçraşuvi reglamentlarini imzoladik. Unga köra, Markaziy Osiyo mamlakatlari davlatlari rahbarlarining uçraşuvi yiliga bir marta ötkaziladi. Uçraşuvning aniq sanasi, kun tartibi va masalalari diplomatik kanallar orqali kelişiladi.
Masalan, ikkinçi uçraşuvni ötgan yilning aprel oyida rejalaştirgan edik, ammo vaziyat uni keyinga surişni talab qildi, uçraşuv 29 noyabr kuni bölib ötdi. Qirğizistonda uçinçi maslahat uçraşuvi şu yil avgust oyida ötkazilişi rejalaştirilgan edi. Agar pandemiya holati yaxşilansa, uçraşuv kuzda taşkil qilinişi mumkin.
Biz hozirda uçinçi uçraşuvni Qirğizistonda ötkaziş ustida iş olib borayapmiz. Uşbu uçraşuv doirasida imzolanadigan hujjatlar onlayn rejimida işlab çiqilmoqda. Ekspertlarning birinçi uçraşuvini biz 20 fevralda Bişkekda ötkazdik, unda hali yuzma-yuz uçraşgan edik. Ikkinçi uçraşuvni 22 iyun kuni onlayn tarzda ötkazdik.
«Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari örtasida suv ta'minoti bilan boğliq muammolar yöq»
– Markaziy Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo daryolari suv manbayi hisoblanadi. Biz bu ikki daryoning örtasida joylaşganmiz.
Sovet davrida [suv ta'minoti böyiça] heç qanday muammo yöq edi, barçasi markazlaşgan tarzda rejalaştirilar edi. Quyi oqim mamlakatlari yuqori oqim mamlakatlari bölmiş Qirğiziston va Tojikistonga gaz va boşqa energiya manbalarini yetkazib berar edik. Zarur bölganda, ortiqçasini sotib olar edik. Sovet Ittifoqi qulaşi bilan, tabiiyki, bozor iqtisodiyoti tamoyillari kuçga kirdi va ma'lum muammolar paydo böldi.
Özbekiston Markaziy Osiyodagi suvning katta qismidan foydalanadi, çunki bizning aholimiz va iqtisodiyotimiz juda katta. Mintaqada suvga talab doimiy ravişda ösib bormoqda: aholi köpaymoqda, iqtisodiyot kengaymoqda, sanoat va qişloq xöjaligi rivojlanmoqda. Boşqa tomondan, suv manbalari kamayib bormoqda.
Bugun Özbekistonning oçiq va konstruktiv siyosati tufayli biz uşbu masalani hal qildik. Qöşni mamlakatlarda ba'zi obektlarning qurilişi, masalan Tojikistonda Roğun GESi yoki Qirğizistonda Qambarota-1, Qambarota-2 GESlarining qurilişiga uzoq vaqt davomida qarşilik körsatgan bölsak, bugungi kunda bizda bunday muammolar yöq, Özbekistonning yaxşi qöşniçilik siyosati tufayli uşbu savollar olib taşlandi. Biz hatto Roğun GESi qurilişida iştirok etişga tayyor ekanimizni bildirdik. Markaziy Osiyoda quriladigan barça obektlar qöşni davlatlarning manfaatlarini inobatga olgan holda qurilişi zarurligini kelişib oldik.
Tabiiyki, suv taqçil bölgan va suv köp bölgan yillar böladi. Mutaxassislarimizning menga bergan ma'lumotlariga köra, Roğun GESining qurilişi 70-yillarda Özbekiston rahbariyati taşabbusi bilan qurğoqçilik yillarida Roğun suvining zaxiralaridan paxta dalalarini suv bilan ta'minlaşda foydalaniş uçun rejalaştirilgan bölgan. Sovet Ittifoqi qulagan paytda loyiha allaqaçon eskirgan edi, şuning uçun ba'zi muammolar mavjud edi. Endi bu muammo yöq. Tojikiston rahbariyati quyi oqim mamlakatlari uçun heç qanday muammo tuğdirmaganliklarini va kelajakda yaratmasliklariga işontirmoqda.
Qirğiziston bilan ham suvdan foydalaniş böyiça kelişuvlarimiz bor. Masalan, Toktogul GESi – Qirğizistondagi eng yirik gidroelektrostansiya. U 19 mlrd kubometr suvni töplaydi. Biz barça masalalarni özaro manfaat va özaro hurmat asosida hal qilamiz.
Bundan taşqari, suvni tejaş haqida öylaşimiz kerak. Ötgan yilning dekabr oyida Özbekiston prezidenti tegişli tuzilmalar bilan uçraşuv ötkazdi. Öşanda u suvni tejaş borasidagi tajribani örganiş uçun rivojlangan davlatlar bilan yaxşi aloqalarni örnatiş vazifasini qöydi. Ya'ni, suvni tejaydigan texnologiyalarni jalb qilişimiz kerak, şu jumladan tomçilatib suğorişni ham. Bu qişloq xöjaligini, sanoatni va albatta aholini suv bilan ta'minlaşda juda muhimdir.