Ayollardan çiqqan ilk boş vazir: u Yevropa yo Isroilda emas, Osiyo mamlakatida rahbarlik qilgan
|20:15 / 29.07.202022 45812 min
Ayol boş vazir deganda köpçiligimizning köz öngimizga Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Margaret Tetçer yoki Isroil boş vaziri Golda Meir keladi. Umuman, Indira Gandi hisobga olinmasa, hukumatni ayol kişi boşqarişi köpinça Yevropa mamlakatlarida kuzatilgan xolos.
Lekin zamonaviy dunyo mamlakatlarida Şri Lankaning sobiq boş vaziri Sirimavo Bandaranaike ilk marta hukumatga rahbarlik qilgan ayol kişi bölganini hamma ham bilavermasa kerak.
Sirimavo Bandaranaike Tseylon boş vaziri lavozimida. 1960 yillar Foto: Keystone / Hulton Archive / Getty Images
Sirimavo Bandaranaike mamlakat hukumatiga uç muddat boşçilik qildi. 2000 yilda u boş vazirlik muddatini tugatib, yangi parlament uçun ötkazilayotgan saylov kuni 84 yoşida vafot etadi.
1960 yil iyul oyida Şri-Lankada ötkazilgan parlament saylovida Ozodlik partiyasi muhim ğalabaga erişadi. Partiya rahbari Sirimavo Bandaranaike demokratik yöl bilan saylangan dunyodagi birinçi ayol boş vazir böladi.
Öşanda Londonda çop etiladigan Evening News naşri Bandaranaike saylanişini «suffrajistlar orzusi» deb atadi («sufrajistlar» — XIX asrda ayollarga saylaş va saylaniş huquqini beriş uçun kuraşganlar). Öşa paytda Yevropada birorta davlatda hukumat boşliği sifatidagi ayol boş vazir yöq edi. Oradan qariyb 20 yil ötgaç, 1979 yilda Buyuk Britaniyada boş vazirlikka ayol kişi Margaret Tetçer saylanadi.
Umuman olganda, 1960 yildan 2020 yilgaça ötgan oltmiş yil mobaynida 73 mamlakatda ijro etuvçi hokimiyat tepasida ayollar bölgan. Ayni damda dunyoning 16ta davlatida hukumatni ayollar boşqaryapti. 1960 yilda Şri-Lanka boş vaziri bölgan Sirimavo Bandaranaike ayollar orasida ijro hokimiyatini boşqariş uçun saylangan ilk boş vazir edi.
Şahar hokimining qizi, boş vazirning rafiqasi
Sirima Ratvatte 1916 yil 17 aprelda öşa paytda Buyuk Britaniya mustamlakasi bölgan Tseylon (Yevropaliklar Şri-Lankani şunaqa deb ataşgan) orolidagi yirik şaharlardan biri Ratnaputra çekkasida tuğilgan. Uning otasi Barns Ratvatte asilzoda oilaga mansub bölib, siyosatçi edi. U Balangoda şahar hokimi lavozimini mahalliy an'analarga köra xotinining otasidan meros qilib olgan edi. 1915 yilda Tseylonning sönggi mustaqil qismini ham Buyuk Britaniya tarkibiga qöşilişiga sabab bölgan «Kandi konvensiyasi»ni imzolaganlar orasida Ratvatte oilasi a'zolari ham bölgan.
Mavzuga oid
Keyinçalik nomi hurmat ma'nosidagi «vo» qöşimçasi qöşilib Sirimavo bölgan Sirima orol poytaxti Kolombo şahridagi nufuzli maktablardan birida ta'lim oladi. Maktabni tugatgandan söng, ota-onasi uni turmuşga uzatiş harakatiga tuşadi. Kuyovlikka munosib nomzodlar ikki nafar edi. Ulardan biri, uzoq qarindoş bölgan nomzod rad etiladi. Ikkinçi nomzod Sulaymon Bandaranaikening nomzodi masalasida oila ikkilanib turar edi. Sulaymon unça taniqli bölmagan nufuzli boy oila vakili bölib, Sirimavodan qariyb 20 yoş katta edi. U mahalliy ma'muriyat masalalari böyiça vazir bölib işlardi.
Oxir-oqibat Ratvatte oilasi Sulaymonning siyosiy martabalardan kötarilişiga işonadi va nikohga rozi böladi. Töy 1940 yil oktabr oyida bölib ötadi. Yangi turmuş qurgan oila Kolombo şahriga köçib ötadi, u yerda Sirimavoning siyosiy faoliyati boşlanadi.
1948 yilda Tseylon Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erişadi. Undan bir yil oldin, Sulaymon Bandaranaike orolning birinçi qonuniy parlamentiga saylanadi va yoş davlatda parlament raisi hamda soğliqni saqlaş vaziri bölib işlardi. Bu vaqtda Sirimavo siyosiy jarayonlarda va uning muhokamasida qatnaşmaydigan uy bekasi vazifasini bajarardi. Keyinçalik Sulaymon Bandaranaike öz esdaliklarida uyda mehmonlarni qabul qilayotganda, şakar idişiga qoşiq yöqligi uçun mehmonlar oldida xotiniga tanbeh berganini, söng Sulaymon Sirimavoning siyosat bilan şuğullaniş niyatida ekaniga işora qilib, «hali men bular haqida ğam çekişim kerak», deydi.
Oradan köp ötmay Sirimavo erining asosiy maslahatçisiga aylanadi va uni Ozodlik partiyasini tuzişga köndiradi. 1952 yilda parlament saylovlari oldidan Sirimavo erining saylov kompaniyasida asosiy tarğibotçi vazifasini egallaydi va Sulaymonni qizğin qöllab-quvvatlaydi.
Sirimavoning sa'y-harakatlari bilan Ozodlik partiyasi parlamentda töqqizta öringa ega böladi va Sulaymon Bandaranaike parlamentdagi muxolifat yetakçisiga aylanadi. Oradan tört yil ötgaç, Ozodlik partiyasi boşçiligidagi koalitsiya navbatdagi parlament saylovlarida mutlaq köpçilik ovoz bilan ğalaba qozonadi va Sulaymon Bandaranaike boş vazir böladi. Ammo 1959 yil 25 sentyabrda u öldiriladi. Uni, mamlakatdagi islohotlarga qarşi bölgan budda rohibi öldiradi.
«Yiğlayotgan beva», xalqning sevimli yölboşçisi
Boş vazirning öldirilişi mamlakatda siyosiy inqirozni keltirib çiqaradi. Parlament koalitsiyasi parçalanib, Sirimavo iştirok etişga qaror qilgan qöşimça saylovlar parlament tarqatib yuborilgani uçun bölib ötmaydi.
1960 yil mart oyida bölib ötgan parlament saylovlarida Sirimavo qatnaşişdan boş tortadi. Unda Birlaşgan milliy partiya ğalaba qozonadi. Ammo bir neça oy ötgaç, yangi boş vazirga işonçsizlik bildiriladi va parlament yana tarqatib yuboriladi. Öşa yilning iyul oyida muddatdan avval yana parlament saylovlari bölib ötadi. Saylovdan avval Sirimavo Bandaranaike bir ovozdan Ozodlik partiyasining raisi etib saylanadi. Şundan söng u öz saylovoldi tarğibotini muvaffaqiyatli tarzda olib boradi: butun mamlakat böylab saylovçilar oldida hayajon bilan nutqlar sözlaydi va öldirilgan erining siyosiy yönalişini munosib ravişda davom ettirişni va'da beradi.
Saylovçilar oldida nutq sözlayotganda Bandaranaike köpinça köz yoşlarini tiyib turolmasdi. Şuning uçun u öz raqiblaridan «Yiğlayotgan beva» laqabini oladi. Bölib ötgan saylovlarda xalq Sirimavoga raqiblik qilgan siyosatçilarning u haqdagi şubhalariga uçmaydi — saylovlarda Ozodlik partiyasi mutlaq köpçilikning ovozini qölga kiritdi. Şundan söng Sirimavo Bandaranaike Şri-Lanka boş vaziri hamda mamlakatning mudofaa va taşqi işlar vaziri böladi.
Sirimavo hukumat rahbari bölganidan söng, marhum erining mamlakat iqtisodiyotning muhim sohalarini bosqiçma-bosqiç milliylaştiriş böyiça boşlagan işlarini davom ettiradi. 1961 yilda qonun qabul qilinib, unga köra ingliz tili örniga singal tili davlat tili etib belgilanadi. Uşbu qonun qabul qilingandan söng mamlakatdagi singal tilida sözlaşuvçi aholi orasida Ozodlik partiyasini qöllab-quvvatlovçilar keskin oşib ketadi. Ammo bu qonun tamil tilida sözlaşuvçi aholining keskin noroziligiga uçraydi. Keyinçalik ana şu norozilik, 1983 yilda mamlakatda fuqarolar uruşining boşlanişiga sabab böladi.
Şundan söng oradan biroz ötib aholi orasidagi noroziliklar Bandaranaike tomonidan taklif etilgan soliqlarning oşişi va iqtisodiyotning milliylaştirilişi fonida narxlarning kötarilişi ortidan kuçayadi.
Sirimavo taşqi siyosatda nisbatan tinçroq iş yuritadi. U Şri-Lanka taşqi siyosatda Qöşilmaslik harakatida bölişini e'lon qilgan edi. 1961 yilda Sirimavo hatto Qöşilmaslik harakati yetakçilarining birinçi konferensiyasida ham iştirok etgandi. U öşanda bu konferensiyada iştirok etgan mamlakat vakillari orasida yagona ayol bölgan. Oradan bir yil ötib, Xitoy va Hindiston örtasida çegara masalasida özaro kelişmovçilik yuz berganda u ikki mamlakat örtasidagi muzokaralarda asosiy vositaçilardan biriga aylanadi.
Şri-Lankaning birinçi ayol prezidentining onasi
1965 yilda Sirimavo Bandaranaike navbatdagi parlament saylovlarida yutqazgandan keyin boş vazir lavozimini tark etadi. Keyinçalik u yana saylovlarda qatnaşib, ikki marta ğalaba qozonadi va 1970-1977 va 1994-2000 yillar oraliğida mamlakat boş vaziri böladi. Ikkinçi muddatga saylanganida Bandaranaike Şri-Lankaning yangi konstitutsiyasini qabul qilişga erişadi. Yangi konstitutsiyada mamlakatga yevropaliklar qöygan Tseylon nomidan voz keçib, Şri-Lanka deb nomlanişi belgilab qöyiladi.
Yangi konstitutsiyada yana bir jiddiy iş qilinadi, unga köra Şri-Lanka Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta IIni davlat rahbari sifatida tan olişdan boş tortadi va 1978 yilda mamlakatda prezident lavozimi joriy qilinadi. Sirimavo esa navbatdagi parlament saylovida yutqazib, 1977 yilda öz örnini boşqa boş vazirga böşatib beradi.
Sirimavo hukumat rahbarligidan ketganidan söng orolda ikkita davlat töntarişiga uriniş böladi. 1980 yilda prezident maxsus komissiyasi Sirimavo Bandaranaikaning yetti yil davomida davlat lavozimlarida işlaşini taqiqladi. U bir qator ayblovlar bilan birga tartibsizliklardan birini bostiriş uçun favqulodda holat rejimini notöğri joriy etganlikda ayblanadi.
Sobiq boş vazirga qarşi ilgari surilgan ayblovlar orasida «jilovlanmagan va misli körilmagan taniş-bilişçilik» mavjudligiga qaramay, unga nisbatan ilgari surilgan taqiq Sirimavo Bandaranaikening bolalariga katta siyosatga ötiş uçun xizmat qilgan. Sirimavoning öğli Anura Ozodlik partiyasining parlament fraksiyasini boşqargan. Qizi Çandrika esa akasi bilan kelişa olmay Ozodlik partiyasini tark etadi va turmuş örtoği bilan birgalikda Şri-Lanka Xalq partiyasini tuzadi. 1994 yilda parlament saylovlarida ğalaba qozongaç, Çandrika boş vazir böladi va öşa yili Şri-Lankaning birinçi ayol prezidenti etib saylanadi.
Muvaffaqiyat sabablari: oliynasab kelib çiqiş va «yangi ayol» timsoli
Sirimavo Bandaranaikega davlat lavozimini egallaşga qöyilgan taqiq 1986 yilda prezidentning maxsus qarori bilan bekor qilindi. 1994 yildan boşlab u yana hukumatni boşqara boşlaydi. 2000 yil avgustda belgilangan muddat tugaydi va Sirimavo boş vazir lavozimini tark etadi hamda oradan biroz vaqt ötib, öşa yilning oktabr oyida 84 yoşida vafot etadi.
Uning jon berişi ham qiziq bölgan. Sirimavo vafot etgan kuni parlament saylovlari bölib ötayotgan edi. U saylov uçastkasiga borib ovoz berişda qatnaşadi va uyga qaytgaç, jon beradi. Umrining asosiy qismini katta siyosatda ötkazgan bu ayolning sönggi qilgan işi ham saylovda ovoz beriş böladi.
Şahzoda Çarlz va Sirimavo Bandaranaike Şri-Lanka mustaqilligining 50 yilligi nişonlaş çoğida. 1998 yil 4 fevral Foto: Tim Graham Photo Library / Getty Images
Aksariyat tarixçilar va tahlilçilarning fikriga köra, Sirimavo Bandaranaikening katta siyosat maydonida uzoq vaqt muvaffaqiyat bilan qolişiga Şri-Lankada gender tengligiga bölgan e'tibor emas, balki uning oroldagi obröli oila vakilasi va siyosiy rahbarning bevasi ekani muhim rol öynagan.
Sirimavo va uning qizining yutuqlariga qaramay, Şri-Lankaning hozirgi parlamentida jami örinlarning 5 foizdan kamroğini ayollar egallagan. Mazkur körsatkiç böyiça bu mamlakat dunyoda 182-örinda.
Şunday holat Janubiy Osiyoning boşqa mamlakatlari uçun ham xos – Hindiston boş vaziri Indira Gandi mamlakatning birinçi boş vaziri Javohirla'l Neruning qizi edi. Pokistonning sobiq boş vazir Benazir Bhuttoning otasi ham Pokiston prezidenti bölgan.
Tahlilçilarning fikriça, Sirimavo Banadaranaikening siyosiy faoliyatida muhim omil mustamlakaga qarşi millatçilik harakatlari tomonidan ilgari surilgan «yangi ayol» obrazi bölgan. Ötgan asrning 60-yillarida sobiq mustamlakalarning mustaqillik uçun kuraşlari avj olgan davrda Ğarb qadriyatlariga qarşi madaniy, axloqiy va ma'naviy jihatdan qarşi bölgan «haqiqiy» milliy öziga xoslik manbayi sifatida oilaviy hayot tarzi taqdim etiladi. Bunday jamiyatdagi ayol faqat uy bekasi emas, balki ma'lumotli va faol, an'analarni hurmat qiladigan hamda öz taqdirini tanlaşda erkin bölişi kerak. Uşbu pozitsiyani Sirimavo Banadaranaikening özi ham tasdiqlaydi:
«Şri-Lankadagi ayollar heç qaçon mulk va erkaklarga xizmatkor bölişmagan. Bizda ayollar qilayotgan ixtiyoriy xizmatlar jamiyatimizda ota va onaning roliga çuqur hurmat mavjud bölgani uçun bajariladi. Buddizm urf-odatlariga köra, oila hurmatni talab qiladigan muqaddas birlaşma bölib, unda na erkak va na ayol ustun hisoblanmaydi».